|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi
|
bet | 54/69 | Sana | 27.08.2024 | Hajmi | 5,57 Mb. | | #269907 |
Bog'liq BIOLOGIYA FANI MAJMUA(1)Xemosintez. Xemosintez hodisasini 1887-yil rus olimi S. N. Vinogradskiy kashf etgan. Xemotrofl ar anorganik moddalardan organik moddalarni
sintezlashda, anorganik moddalarning oksidlanish reaksiyalarida hosil bo‘lgan
energiyadan foydalanadi. Xemoavtotrof organizmlarning hujayralarida
anorganik birikmalar oksidlanishidan hosil bo‘lgan energiya ATFning fosfat
bog‘lari energiyasiga aylanadi, ATF organik moddalarning sinteziga sarfl anadi.
Xemosintezlovchi bakteriyalarning bir necha turlari ma’lum.
Temir bakteriyalari ikki valentli temirni uch valentli birikmalargacha
oksidlab, hosil bo‘lgan energiya hisobiga uglerodning anorganik birikmalaridan
organik moddalarni sintezlaydi.
Xemosintez jarayonlarida kimyoviy reaksiyalarda ajralgan energiya uglerod
manbayi bo‘lgan СO2dan organik modda (CH2O) sinteziga sarfl anadi.
Xemosintezlovchi bakteriyalar tabiatda moddalar aylanishida, ayniqsa
atomlarning biogen migratsiyasida katta ahamiyatga ega. Nitrifi kator
bakteriyalar tuproqni o‘simliklar uchun zarur azotli birikmalarga boyitadi.
Oltingugurt bakteriyalari faoliyatida hosil qilgan sulfat kislota tog‘ jinslarining
yemirilishiga sabab bo‘ladi. Temir bakteriyalari faoliyati natijasida temir rudasi
hosil bo‘ladi.
Tayanch so‘zlar: avtotrof, fototrof, xemotrof, fotosintez, yorug‘lik kvantlari,
fotonlar, temir bakteriyalari, nitrifi kator bakteriyalar, oltingugurt bakteriyalari,
vodorod bakteriyalari.
Savol va topshiriqlar:
1. Plastik reaksiyalar haqida nimalarni bilasiz?
2. Fotosintez jarayonini tushuntiring.
3. Fotosintezning qorong‘ilik bosqichini tushuntiring.
4. Fotosintezning yorug‘lik bosqichini izohlab bering.
5. Xemosintez jarayoni haqida so‘zlab bering.
Mustaqil bajarish uchun topshiriq: Jadvalni to‘ldiring.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi
|