• 7-Mavzu : Hujayrada plastik almashinuv. Fotosintez. Xemosintez. Plastik va energetik almashinuv reaksiyalarining bog’liqligi 1. Hujayrada plastik almashinuv Reja
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi




    Download 5,57 Mb.
    bet53/69
    Sana27.08.2024
    Hajmi5,57 Mb.
    #269907
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   69
    Bog'liq
    BIOLOGIYA FANI MAJMUA(1)

    Savol va topshiriqlar:
    1. Moddalar almashinuvi jarayonining mohiyati nimada?
    2. Moddalar almashinuvining hujayradagi funksiyasini tushuntiring.
    3. Glikoliz bosqichida bo‘lib o‘tadigan jarayonlarni tushuntiring.
    4. Kislorodli parchalanish bosqichidagi reaksiyalarni tushuntiring.
    7-Mavzu : Hujayrada plastik almashinuv. Fotosintez. Xemosintez. Plastik va energetik almashinuv reaksiyalarining bog’liqligi
    1. Hujayrada plastik almashinuv
    Reja: 2. Fotosintez jarayoni
    3. Xemosintez jarayoni
    4. Plastik va energetik almashinuv reaksiyalarining bog’liqligi
    Tirik organizm hujayralari hayot faoliyatining doimiyligini saqlash
    uchun hujayra tuzilmalari bo‘lgan membranalar va organoidlar tarkibiga kiradigan oqsillar, lipidlar, uglevodlar moddalar almashinuvi jarayonida
    to‘xtovsiz sintezlanadi. Hujayra kimyoviy tarkibi va tuzilishining yangilanib
    turishini ta’minlaydigan biosintetik reaksiyalar yig‘indisi plastik almashinuv
    (assimilatsiya, anabolizm) deb ataladi. Organizmlar energiya va uglerodning qanday manbayidan foydalanishiga ko‘ra avtotroflar va geterotroflarga bo‘linadi. Anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlashda anorganik uglerod manbayidan foydalanadigan organizmlar avtotrof organizmlar deyiladi. Organik moddalarni sintezlash da yorug‘lik energiyasidan foydalanadigan avtotrof organizmlar
    fototroflar, kimyoviy reaksiyalar energiyasidan foydalanadigan organizmlar
    xemotroflardir.
    Fotosintez. Fototrof organizmlarga xlorofi ll pigmentiga ega organizmlar,
    yashil o‘simliklar, lishayniklar va ayrim bakteriyalar kiradi. Yashil o‘simliklar
    hujayrasidagi xloroplastlarda to‘plangan xlorofi ll pigmenti yordamida yorug‘lik
    energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Yorug‘lik energiyasi hisobiga
    organik birikmalar sintezlanishi fotosintez deyiladi

    Barcha tirik organizmlarning hayotiy faoliyati fotosintez jarayoni bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq. Fotosintez natijasida avtotrof organizm hujayralarida hosil bo‘lgan organik moddalar, birinchi navbatda shu organizm hujayralari hamda barcha geterotrof organizmlar uchun oziqa va energiya manbayidir.


    Fotosintez jarayonini quyidagi umumiy formula orqali ifodalash mumkin:

    Xlorofi ll pigmenti o‘ziga xos kimyoviy tuzilishga va yorug‘lik kvantlarini ushlab qolish xususiyatiga ega. Fotosintez jarayoni hujayraning fotosintez qiluvchi tuzilmalarida ikki bosqichda o‘tadi: yorug‘lik va qorong‘ilik bosqichlari Yorug‘lik bosqichi xloroplastlarning tilakoidlarida kechadi. Bunda boshlang‘ich mahsulotlar sifatida yorug‘lik energiyasi, suv, ADF, xlorofill ishtirok etadi. Yorug‘lik kvantlari – fotonlar xlorofill molekulasi elektronlarini qo‘zg‘atadi. Elektronlar energiyasi hisobiga ADF va fosfat kislotadan ATF sintezlanadi. Ya’ni yorug‘lik energiyasi ATFning kimyoviy energiyasiga aylanadi. Elektronlar energiyasining bir qismi vodorod (H + ) ionlarini vodorod atomlariga aylantirishga sarfl anadi. Natijada suv fotolizga uchraydi. Yorug‘lik energiyasi ta’sirida suvning parchalanishi fotoliz deyiladi. Hosil bo‘lgan vodorod atomlari NADF (nikotinamidadnindinukleotidfosfat) molekulalari – akseptorlarga birikib, energiyaga boy NADF·H hosil bo‘ladi. OH – (gidroksil) ionlari elektronlarini xlorofill molekulasiga uzatib, OH radikallariga aylanadi, radikallarning o‘zaro ta’sirlashuvidan suv va molekular kislorod hosil bo‘ladi.


    Fotosintez jarayonining yorug‘lik bosqichida oxirgi mahsulotlar sifatida ATF, NADF,H2 hosil bo‘ladi. Molekular kislorod atmosferaga chiqariladi, energiyaga boy ATF va NADFH qorong‘ilik bosqichi reaksiyalariga sarflanadi. Fotosintezning qorong‘ilik bosqichi xloroplastlarning stroma qismida amalga oshadi, bunda boshlang‘ich mahsulotlar sifatida ATF, NADF, H2 qatnashadi. NADF molekulasi tarkibidagi H atomlari va CO2 molekulalari ATF energiyasi hisobiga birikib, birlamchi uglevod glukoza sintezlanadi.
    Fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan birlamchi uglevodlar bir qator
    reaksiyalar natijasida boshqa organik moddalarga, ya’ni aminokislota va yog‘
    kislotalarga aylanadi, ulardan esa oqsil va lipidlar sintezlanadi. Bu organik
    moddalar oziq zanjiri orqali geterotrof organizmlarga o‘tadi. Fotosintezda
    atmosferaga ajralib chiqqan erkin kislorod esa aerob organizmlarning nafas
    olishi uchun sarfl anadi. Yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan ko‘mir, neft, gaz, torf
    kabi qazilma boyliklar million yillar avval yashagan qadimgi o‘simliklarning
    qoldiqlaridan hosil bo‘lgan.

    Download 5,57 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   69




    Download 5,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi

    Download 5,57 Mb.