|
-Mavzu : Hujayra – tiriklikning irsiy birligi
|
bet | 55/69 | Sana | 27.08.2024 | Hajmi | 5,57 Mb. | | #269907 |
Bog'liq BIOLOGIYA FANI MAJMUA(1)8-Mavzu : Hujayra – tiriklikning irsiy birligi
1. Matritsali sintez reaksiyalari.
Reja: 2. Hujayrada irsiy axborotning amalga oshirilishi.
3. Transkripsiya (RNK sintezi).
4. Translatsiya (oqsil sintezi).
Tirik organizmlar ko‘payish, ya’ni o‘ziga o‘xshaganlarni yaratish xu-
susiyatiga ega bo‘lib, bu xususiyat genetik axborotni nasldan naslga o‘tkazish bilan bog‘liq. Ko‘payish xususiyatiga molekula darajada qaralsa, bu hodisa
DNK molekulasining ikki hissa ortishi bilan ifodalanadi. Hujayra darajasida
bu xususiyat mitoxondriyalar va xloroplastlarning bo‘linib ko‘payishi, mitoz,
meyoz jarayonlarida aks etadi. Hujayra o‘z irsiy axborotini barqaror va uzviy ravishda keyingi avlodga o‘tkaza oladigan irsiy birlik bo‘lib, avlodlarning bardavomligini ta’minlaydi. Irsiyatning moddiy asosi bo‘lgan DNK molekulasi o‘z-o‘zini ko‘paytirish xususiyatiga ega, lekin bu jarayon faqat tirik hujayradagina amalga oshadi.
Matritsali sintez reaksiyalari. Genetik axborot DNK molekulasidagi nukleotidlar ketma-ketligida ifodalangan. Genetik axborot asosida biopolimerlar
sintezlanishi matritsali sintez reaksiyalari deyiladi. Bu reaksiyalarga DNK
sintezi – reduplikatsiya, RNK sintezi – transkripsiya, oqsil biosintezi –
translatsiya kiradi. Matritsali sintez reaksiyalari asosida nukleotidlarning o‘zaro
komplementarligi yotadi.
DNK reduplikatsiyasi. Irsiy axborotni nasldan naslga o‘tkazish DNK
molekulasining fundamental xususiyati – reduplikatsiyasi bilan bog‘liq. DNK
molekulasining ikki hissa ortishi reduplikatsiya deyiladi. DNK molekulasining
dastlabki qo‘sh zanjiri maxsus fermentlar yordamida ikkita alohida zanjirlarga
ajraladi. DNKning bir zanjiri yangi zanjirning sintezi uchun matritsa bo‘lib
xizmat qiladi. DNK – polimeraza fermenti ishtirokida hujayradagi erkin
nukleotidlardan foydalanib, ATF energiyasi hisobiga DNKning yangi komple-
mentar zanjiri sintezlanadi. Bu jarayon hujayra sikli interfaza bosqichining
sintez davrida sodir bo‘ladi.
|
| |