|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi
|
bet | 57/69 | Sana | 27.08.2024 | Hajmi | 5,57 Mb. | | #269907 |
Bog'liq BIOLOGIYA FANI MAJMUA(1)Transkripsiya (RNK sintezi). Bu jarayonda DNK matritsa hisoblanadi.
Oqsil tuzilmasi to‘g‘risidagi axborot yadroda, DNKda saqlanadi. Oqsil
sintezi esa sitoplazmada, ribosomalarda o‘tadi.
Oqsilning tuzilmasi haqidagi axborot yadrodan sitoplazmaga i-RNK
tomonidan o‘tkaziladi. DNK qo‘sh zanjirining bir qismi yoziladi va zanjirlarning birida komplementarlik asosida (A–U, G–S) RNK-polimeraza fermenti yordamida i-RNK sintezlanadi. Bunda DNKning faqat bitta zanjiri ma’noga ega bo‘lib, ikkinchi DNK zanjiri matritsa vazifasini bajaradi, shu matritsali zanjirdan i-RNK sintezlanadi. Aminokislotalar izchilligi to‘g‘risidagi axborot DNKdan i-RNKga ko‘chirilishi transkripsiya deyiladi (26-rasm).
Translatsiya (oqsil sintezi). Bu jarayonda i-RNK matritsa hisoblanadi.
Translatsiya irsiy axborotni i-RNK tilidan aminokislotalar tiliga tarjima
qilish. Translatsiya jarayonida RNKdagi axborot asosida ribosomalarda oqsil
molekulasining birlamchi strukturasi hosil qilinadi. Ribosomalar i-RNKning oqsil sintezi boshlanadigan uchi bilan bog‘lanadi. i-RNKning bu uchida AUG triplet joylashgan bo‘lib, bu triplet translatsiyani boshlovchi «start kodon» deyiladi. Ribosomalarda i-RNK kodonlariga t-RNK antikodonlari komplementar tarzda bog‘lanadi. t-RNK tomonidan keltirilgan aminokislotalar nfermentlar yordamida ATF energiyasi hisobiga o‘zaro peptid bog‘lar orqali birikadi, ya’ni oqsil sintezlanadi
Tayanch so‘zlar: matritsali sintez, reduplikatsiya, transkripsiya, translatsiya, genetik kod, start kodon, stop kodon.
Savol va topshiriqlar:
1. Replikatsiya, transkripsiya so‘zlarining ma’nosini tushuntirib bering.
2. DNKdan RNKning sintezlanish mexanizmini izohlang.
3. Genetik kod xususiyatlari nimalardan iborat?
4. Matritsali sintez nima?
5. Oqsil sintezida ribosomalar qanday funksiyalarni bajaradi?
9-Mavzu : Mitoz va Meyoz jarayonlarini o’zaro taqqoslash
1.Mitoz jarayoni bosqichlari
Reja : 2. Meyoz jarayoni bosqichlari
3. Mitoz va Meyoz jarayoni bosqichlarini o’zaro o’xshashlik va farqlari
Hujayralar bo‘linishining ikkita usuli bor: mitoz va meyoz.
Мitoz – eukariot hujayralarning bo‘linishi jarayoni bo‘lib, uning natijasida dastlab irsiy material ikki hissa ortadi, so‘ngra qiz hujayralar o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Mitoz sikli – hujayraning bo‘linishga tayyorgarlik – interfaza va mitoz bo‘linish jarayonlarining o‘zaro bog‘langan va ketma-ket keladigan hodisalar majmuasi.
Interfaza deb, hujayraning ikkita bo‘linishi orasidagi vaqtga aytiladi. Interfazaning davomiyligi, odatda, umumiy hujayra siklining 90% ini tashkil etadi. Interfaza uchta davrdan iborat:
– sintezdan oldingi – presintetik davr (G1);
– sintez (S);
– sintezdan keyingi – postsintetik davr (G2).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi
|