Hujayrada irsiy axborotning amalga oshirilishi




Download 5,57 Mb.
bet56/69
Sana27.08.2024
Hajmi5,57 Mb.
#269907
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   69
Bog'liq
BIOLOGIYA FANI MAJMUA(1)

Hujayrada irsiy axborotning amalga oshirilishi. Organizmlar hayotining
asosiy sharti, bu – hujayralar oqsil molekulasining sintezlay olish qobiliyatidir.
Har bir tur boshqa turlardan farqlanuvchi, unikal oqsillar to‘plamiga ega. Turli
organizmlarda bir xil funksiyani bajaradigan oqsillar ham aminokislotalar soni
va izchilligi bilan farqlanadi. Muhim hayotiy funksiyalarni bajaruvchi oqsillar
barcha organizmlarda o‘xshash bo‘ladi.
Tashqi muhitdan ovqat tarkibida qabul qilingan oqsillar bevosita
shu organizmning hujayralari oqsillari o‘rnini bosa olmaydi. Bu oqsillar
organizm larning hazm qilish organlarida aminokislotalarga parchalanadi. Bu aminokislotalar ichakdan qonga so‘rilib, hujayralarga yetib boradi. Genetik
axborot asosida har bir hujayra o‘ziga xos bo‘lgan oqsillarni sintezlaydi.
Oqsillarning faoliyat ko‘rsatish muddati cheklangan bo‘lib, ma’lum vaqtdan
so‘ng ular parchalanadi. Ularning o‘rniga to‘xtovsiz yangi oqsillar hosil bo‘ladi.
Oqsillar strukturasini DNKdagi nukleotidlar ketma-ketligi belgilaydi.
Oqsillarning birlamchi strukturasi haqidagi genetik axborotlar DNK zanjirida
nukleotidlar izchilligi tarzida birin-ketin joylashgan. DNKning bir polipeptid
zanjiridagi aminokislotalar yoki ribosomal va transport RNK molekulalaridagi
nukleotidlar izchilligini belgilaydigan bir qismi gen deb ataladi.


Oqsillar tarkibiga kiruvchi har bir aminokislotaning nuklein kislotalarda ketma-ket joylashgan uchta nukleotid (triplet, kodon) yordamida ifodalanishi genetik kod deyiladi. DNK tarkibida 4 ta har xil nukleotid bo‘lishi nazarda tutilsa, 43 =64 ta kod hosil bo‘ladi. Bitta aminokislota 2, 3, 4, 6 ta kod yordamida kodlanar ekan. Genetik kod 1962-yili amerikalik bioximiklar M. Nirenberg va S. Ochaolar tomonidan aniqlangan.


Genetik kodning xususiyatlari:
1. Har bir aminokislotani nukleotidlar tripleti kodlaydi.
2. Har bir triplet (kodon) bitta aminokislotani ifodalaydi.
3. Bitta aminokislotani bir necha triplet kodlashi mumkin.
4. Genetik kod barcha tirik organizmlar uchun universal.
5. Genetik kodning 61 tasi «ma’noli», ya’ni ma’lum aminokislotalarni
ifodalovchi tripletlardir. UGA, UAA, UAG aminokislotalarni ifodalamaydi.
Ular polipeptid zanjirining tugallanishini bildiruvchi terminator kodonlardir.

Download 5,57 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   69




Download 5,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hujayrada irsiy axborotning amalga oshirilishi

Download 5,57 Mb.