• Interfazada S davri
  • Interfazaning DNK sintezidan keyingi davr G 2
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi




    Download 5,57 Mb.
    bet58/69
    Sana27.08.2024
    Hajmi5,57 Mb.
    #269907
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   69
    Bog'liq
    BIOLOGIYA FANI MAJMUA(1)

    Interfazaning G1presintetik davri bevosita mitozdan so‘ng boshlanib, davomiyligi 10 soatdan bir necha sutkagacha davom eta digan davr. Shu davrda yosh hujayra kattalashadi, hajm jihatdan ortadi. Sitoplazmada oqsil lar sin tezi, RNK sintezi, DNK
    redup lika tsiyas ini katalizlovchi fermentlar sintezi
    jadal boradi, DNK tarkibiga kiruvchi moddalar
    to‘planadi. Shunday qilib, G1 davrida interfazaning keyingi davri – sintez davriga tayyorgarlik jarayonlari amalga oshadi.
    Interfazada S davri bir necha minut dan (bakteriyalarda) 6–7 soatgacha (sutemizuvchilarda) da vom etadi. Bu bosqich da DNK molekulasi ikki hissa ortadi. Natijada har bir xromosoma ikkitadan
    xro ma tidadan iborat bo‘lib qoladi. Xromosomalarning tarkibiga kiradigan giston oqsillarining Xromosomaning
    tuzilishi.sintezi, RNK sintezi davom etadi. Sentriolalar ikki hiss ortadi.
    Interfazaning DNK sintezidan keyingi davr G2 deb atalib, 3–4 soatgacha davom etadi. Bu davrda ham RNK va bo‘linish urchug‘ini hosil qilishda ishtirok etadigan mikronaychalar tarkibiga kiruvchi tubulin oqsili sintezi amalga oshadi. Shundan so‘ng hujayrada mitoz boshlanadi Mitoz ketma-ket
    sodir bo‘ladigan ikkita jarayondan iborat: kariokinez – yadroning bo‘linishi va sitokinez – sitoplazmaning bo‘linishi, bunda hosil bo‘lgan ikkita qiz hujayra bittadan yadroga ega bo‘ladi. Hujayraning bevosita bo‘linishiga, odatda 1–3
    soat sarfl anadi, ya’ni hujayra hayotining asosiy qismi interfaza davrida bo‘ladi.
    Mitoz bo‘linishning birinchi bosqichi profaza (pro – namoyon, phosis – davr) bo‘lib, bunda xromatinlarning spirallashuv hisobiga yo‘g‘onlashishi va kaltalashishi kuzatiladi. Ular juft-juft xromatidalar holatida bo‘lib, yorug‘lik mikroskopida ko‘rina boshlaydi. Xromosomalardagi xromatidalar sentromera
    orqali birikkan bo‘ladi. Yadrocha parchalanadi. Sentriolalar bir-biridan itarilib hujayra qutblari tomon harakatlanadi, bo‘linish urchug‘i shakllana boshlaydi.
    Profazaning oxirida yadro qobig‘i parchalanadi, natijada juft-juft xromatidalar sitoplazma va karioplazmaning umumiy massasida joylashadi.

    Download 5,57 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   69




    Download 5,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi

    Download 5,57 Mb.