• Profaza II
  • Metafaza I da xromosomalar o‘z sentromerlari bilan birgalikda ekvator tekisligi bo‘ylab joylashadi. Anafaza I




    Download 5,57 Mb.
    bet60/69
    Sana27.08.2024
    Hajmi5,57 Mb.
    #269907
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69
    Bog'liq
    BIOLOGIYA FANI MAJMUA(1)

    Metafaza I da xromosomalar o‘z sentromerlari bilan birgalikda ekvator
    tekisligi bo‘ylab joylashadi.
    Anafaza I da gomologik xromosomalar xromatidalarga ajralmagan holda qarama-qarshi qutblarga tarqaladi. Har bir juftdagi ota va ona xromosomalari qutblarga tasodifi y kombinatsiyalarda tarqaladi. Reduksion bo‘linishning keyingi fazasi telofaza I bo‘lib, u qisqa vaqt davom etadi. Bu bosqichda xromatinlar despirallashadi, yadro qobig‘i hosil bo‘ladi. Xromosomalar soni teng gaploid to‘plamga ega ikkita qiz hujayrani paydo qiladi.
    Meyozning birinchi va ikkinchi bo‘linishi o‘rtasidagi bosqich inter kinez deb ataladi. Interfazadan farqli o‘laroq, interkinezda DNK repli katsiyasi ro‘y bermaydi. Profaza II mitoz profazasidan farq qilmaydi. Metafaza II da juft xromatidali xromo so malar o‘z sentromeralari bilan ekvator tekisligida joylashadi. Anafaza II da sentromerlar bo‘linib har bir xromatida mustaqil xromosomalarga aylanadi. Telofaza II da xromosomalar qutblarga tarqa ladi va sitokinez amalga oshadi
    Mitoz va Meyoz jarayolari o’zaro o’xshashdir. Bu jarayonlarning har ikkisida ham dastlabki bosqich interfazadan boshlanadi. Dastlabki boshlang’ich hujayralar 2n 2c to’plamda bo’ladi. Ular har ikkisi ham interfazaning har bir bosqichini o’taydi. Mitoz va Meyoz jarayonlari organizmlarni ko’payishi uchun xizmat qiladi. Mitoz jinnsiz ko’payish demakdir. Meyoz esa jinsiy ko’payish hisoblanadi. Mitoz bosqichida dastlabki 2n to’plam bo’linish yakunlangandan so’ng ham saqlanib qoladi. Shuning uchun bunda ona hujayra xuddi o’ziga o’xshaga asl nusxasini yaratadi. Meyoz jarayoning bosqichlari 2 bosqichda kechgani uchun dastlabki 2n to’plam bo’linish yakunida n to’plamga aylanadi va xuddi shu to’plamli 4 ta hujayra hosil bo’ladi.

    Masalan, shinpanze maymunida mitoz va meyoz bosqichlarida xromasoma to’plamlarini ko’rib chiqamiz:


    Mitoz Meyoz
    Interfaza Interfaza
    G1= 48n 48c G1=48n 48c
    S = 48n 96c S=48n 96c
    G2=48n96c G2=48n 96c
    Profaza, metafaza=48n 96c Profaza1, Metafaza1=48n 96c
    Anafaza=96n 96c Anafaza1=48n 96c
    Telofaza= 48n 48c Telofaza1=24n 48c
    2 ta hujayra hosil bo’ladi Profaza 2, Metafaza 2=24n 48c
    Bo’linish yakunlandi Anafaza 2= 48n 48c
    Telofaza 2= 24n 24c
    4 ta hujayra hosil bo’ladi va bo’linish yakunlanadi


    Download 5,57 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69




    Download 5,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metafaza I da xromosomalar o‘z sentromerlari bilan birgalikda ekvator tekisligi bo‘ylab joylashadi. Anafaza I

    Download 5,57 Mb.