|
II. Oqsil biosinteziga doir quyida berilgan masalalarni yeching
|
bet | 62/69 | Sana | 27.08.2024 | Hajmi | 5,57 Mb. | | #269907 |
Bog'liq BIOLOGIYA FANI MAJMUA(1)II. Oqsil biosinteziga doir quyida berilgan masalalarni yeching.
1) DNKning berilgan zanjiri asosida genetik kod jadvalidan foydalanib jadvalni to‘ldiring.
2) GTCATGGATAGTCCTAAT nukleotidlar ketma-ketligidan iborat DNK
molekulasi asosida sintezlangan i-RNK molekulasidagi nukleotidlar ketma-
ketligini va oqsildagi aminokislotalar sonini aniqlang.
3) Oqsil molekulasida aminokislotalar quyidagi tartibda joylashgan. ser–glu–
asp–tri–fen–ley–ala. Genetik kod jadvalidan foydalanib ushbu aminokislotalar
ketma-ketligiga mos i-RNK molekulasidagi nukleotidlar ketma-ketligini ko‘rsatib
bering.
4) i-RNK molekulasida UGCAAGCUGUUUAUAACCGAU tartibida
nuk leotid lar ketma-ketligi berilgan. Genetik kod jadvalidan foydalanib ushbu
nukleotidlar ketma-ketligiga mos aminokislotalar ketma-ketligini aniqlang.
5) 450 nukleotid juftligidan iborat DNK bo‘lagi asosida sintezlangan i-RNKdagi
nukleotidlar sonini va oqsildagi aminokislotalar sonini hamda oqsilning massasini
aniqlang.
6) Oqsilning massasi 36000 ga teng bo‘lsa, shu oqsilga mos i-RNKdagi va
DNKdagi nukleotidlar sonini aniqlang.
III. Hujayrada energiya almashinuviga doir quyida berilgan masalalarni
yeching.
1) 675 g glukoza fermentlar ishtirokida aerob sharoitida bosqichma-bosqich
parchalansa qancha energiya hosil bo‘ladi?
2) Glikoliz jarayonida 4500 g glukoza parchalangan bo‘lsa, hujayrada qancha
sut kislota hosil bo‘ladi?
3) Muskullarda 7 mol glukoza parchalandi. Shundan 3 mol glukoza kislorod
ishtirokida, 4 mol glukoza kislorod ishtirokisiz parchalandi. Qancha CO2, H2O, sut
kislota hosil bo‘ladi?
4) Anaerob nafas olish jarayonida sitoplazmada 14 molekula sut kislota hosil
bo‘ldi. Parchalangan glukozaning miqdorini aniqlang.
5) Dissimilatsiya jarayonida 7 mol glukoza parchalangan. Agar 2 mol glukoza
to‘liq parchalangan bo‘lsa, qancha (mol) ATF sintezlangan?
|
| |