|
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 1-topshiriq
|
bet | 61/69 | Sana | 27.08.2024 | Hajmi | 5,57 Mb. | | #269907 |
Bog'liq BIOLOGIYA FANI MAJMUA(1)Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 1-topshiriq. Mitoz jarayoni bosqichlari
aks ettirilgan rasmlar raqamlarini mos ravishda jadvalga yozing.
2-topshiriq. Xromosoma soni – n, хromatidaniki – с. Odamning somatik hujayralarida interfaza va mitozning quyidagi davrlarida n va c ning nisbatlarini o‘rtasidagi muvofiqlikni o‘rnating. 1) G1 davri; 2) G2 davri; 3) profaza; 4) metafaza; 5) anafaza oxirida hujayraning har bir qutbida; 6) telofazaning oxirida har bir qiz hujayrada.
а) n = 23, с = 23 b) n = 23, с = 46 c) n = 46, с = 46 d) n = 46, с = 92
IV BOB. HAYOTNING ORGANIZM DARAJASIDAGI UMUMBIOLOGIK QONUNIYATLAR
1-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
10-Mavzu : Umumbiologik qonuniyatlarga doir masala va mashqlar yechish.
Maqsad: hayotning molekula va hujayra darajasidagi umumbiologik qonuniyat larga doir masalalar yechish orqali biologik obyektlarda boradigan jarayonlarni
kuzatish, tajribalar o‘tkazish va xulosa qilish kompetensiyasini shakllantirish.
Материал: hayotning molekula va hujayra darajasidagi umumbiologik qonuniyat larni aks ettiruvchi rangli rasmlar, slaydlar.
Ish tartibi:
I. DNK va RNKning tuzilishiga doir masalalar yechish.
II. Oqsil biosinteziga doir masalalar yechish.
III. Hujayrada energiya almashinuviga doir masalalar yechish.
IV. Xulosa.
I. DNK va RNKning tuzilishiga doir quyida berilgan masalalarni yeching.
1) DNK molekulasi 6000 nukleotiddan iborat. Shu DNK molekulasining
uzunligini aniqlang.
2) DNK molekulasi 3000 nukleotiddan iborat, shundan 650 tasini sitozinli
nukleotidlar tashkil etadi. Shu DNK molekulasining uzunligini va boshqa
nukleotidlar sonini aniqlang.
3) Bir zanjirda GTCATGGATAGTCCTAAT nukleotidlar ketma-ketligi
bo‘lgan DNK molekulasidagi vodorod bog‘lar sonini aniqlang.
4) Tekshirishlar natijasida i-RNK tarkibida 34% guanin, 18% uratsil, 28%
sitozin, 20% adenin borligi aniqlandi. Mazkur i-RNK uchun matritsa bo‘lgan DNK tarkibidagi nukleotidlarning % larini aniqlang.
5) DNK molekulasining uzunligi 850 nm ga teng. DNK molekulasidagi nukleotidlar sonini aniqlang.
Izoh: qo‘shni nukleotidlar orasi 0,34 nm, bir nukleotid qoldig‘i o‘rtacha 345.
|
| |