O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi




Download 5,57 Mb.
bet59/69
Sana27.08.2024
Hajmi5,57 Mb.
#269907
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   69
Bog'liq
BIOLOGIYA FANI MAJMUA(1)

Metafaza (meta – keyin)da xromatidalar zichlashib, yo‘g‘onlashib, hujayra markazi bo‘ylab to‘planadi. Xromatidalar sentromerasi ekvator tekisligida joylashadi. Bo‘linish urchug‘i iplari (axromatin iplari) har bir xromosomaning sentromerasiga ikki qutbdan birikadi.
Anafaza (ana – qayta) bosqichi xromosomalardagi sentromeralar bo‘linib, yakka holatdagi xromatidalar bo‘linish urchug‘ining qisqarishi hisobiga qutblarga tarqaladi. Har bir qutbda teng miqdordagi xromosomalar tarqaladi va ularning bo‘linishdan oldingi hujayraning xromosoma soniga muvofi q bo‘ladi.
Telofazada (telos – tugal) xromosoma iplarining yoyilishi, ingichkalashishi, uzayishi kuzatiladi. Xromosomalarning har bir guruhi atrofi da yadro qobig‘i paydo bo‘ladi, yadrocha shakllanadi. Bo‘linish urchug‘i parchalanadi. Shundan so‘ng sitokinez boshlanadi. Hayvon hujayralarining ekvotorial tekisligida
botiqlik paydo bo‘lib, u borgan sari chuqurlashib boradi va sitoplazma bo‘linishi tugallanadi. Qalin selluloza qobig‘i bo‘lgani sababli o‘simlik hujayralaridagi sitokinez jarayoni hujayraning ekvator qismida endoplazmatik to‘r orqali tashib
keltirilgan maxsus moddalardan to‘siq hosil bo‘lishi bilan boshlanadi. So‘ng to‘siqning har ikki tomonida hujayra membranasi, hujayra qobig‘i shakllanib ikkita qiz hujayra paydo bo‘ladi. Hosil bo‘lgan yangi qiz hujayralar interfaza bosqichiga o‘tadi.





Meyoz. Meyoz eukariot hujayralarning o‘ziga xos bo‘linishi bo‘lib, bu
bo‘linish natijasida hosil bo‘ladigan hujayralarda xromosomalar soni ikki hissa
kamayadi. Meyoz ham mitoz singari interfazadan boshlanadi. Interfazada
xromosomalar ikki hissa ortadi. Meyoz ikkita ketma-ket bo‘linishdan iborat.
Birinchi – reduksion (meyoz I) bo‘linishda xromosomalar soni ikki marta
kamayadi. Ikkinchi ekvatsion (meyoz II) bo‘linishda gaploid xromosomali
hujayralar hosil bo‘ladi. Reduksion bo‘linish yadroning profaza I dan boshlanib,
telofaza I gacha davom etadi. Ekvatsion bo‘linish esa profaza II dan telofaza II
gacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.
Profaza I da juft xromatidalardan tuzilgan xromosomalar spirallashib,
yo‘g‘onlashib kaltalashadi. So‘ngra gomologik xromosomalar bir-biriga
yaqinlashib yonma-yon joylashadi hamda xromatidalar tetradasini hosil qiladi.
Bu jarayon konyugatsiya deb ataladi. Gomologik xromosomalarning o‘zaro
o‘xshash qismlarining chalkashuvi oqibatida xromatidalarning ayrim qismlari
almashishlari mumkin. Bu krossingover hodisasi deyiladi (31-rasm).
Qayd etilgan jarayonlardan tashqari profaza I da yadro qobig‘i parchalanadi,
yadrochalar yo‘qoladi. Sentriolalar ikki qutbga yo‘naladi.

Download 5,57 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   69




Download 5,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi

Download 5,57 Mb.