• Mustaqil bajarish uchun topshiriq
  • Moddalar almashinuvi
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi




    Download 5,57 Mb.
    bet51/69
    Sana27.08.2024
    Hajmi5,57 Mb.
    #269907
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69
    Bog'liq
    BIOLOGIYA FANI MAJMUA(1)

    Savol va topshiriqlar:
    1. Hujayra tiriklikning tuzilish, funksional, rivojlanish birligi deganda nimani tushunasiz?
    2. Hayotning hujayra darajasining o‘ziga xos jihatlarini izohlang.
    3. Hujayra nazariyasining mohiyatini va ahamiyatini tushuntirib bering.
    4. Tirik organizmlar hujayralariga qiyosiy xarakteristika bering.


    Mustaqil bajarish uchun topshiriq: 9-sinfda o‘zlashtirgan bilimlaringiz asosida
    hujayra organoidlari va ularning funksiyalari o‘rtasidagi muvofi qlikni aniqlang.


    6-Mavzu : Tirik organizmlar hujayralarining qiyosiy xarasteriktikasi.
    Moddalar almashinuvi
    1. Moddalar almashinuvi
    Reja: 2. Energetik almashinuv – dissimilatsiya.
    3. Energetik almashinuv bosqichlari
    Moddalar almashinuvi organizm va tashqi muhit o‘rtasida to‘xtovsiz
    sodir bo‘ladigan, tirik organizmlarning o‘sishi, hayot faoliyati, ko‘payishini
    ta’minlaydigan kimyoviy o‘zgarishlar majmuyidir. Tirik organizmlar o‘z
    hujayralari uchun zarur organik birikmalarni sintezlash, kimyoviy tarkibining
    doimiyligini saqlash uchun tashqi muhitdan zarur moddalarni oziq sifatida
    o‘zlashtiradilar. Bu moddalar hujayraga xos bo‘lgan biologik moddalarni
    sintezlash va hujayrani energiya bilan ta’minlash uchun sarfl anadi.
    Moddalar almashinuvining hujayradagi muhim funksiyalaridan biri
    hujayrani qurilish materiali bilan ta’minlashdir. Moddalar almashinuvi
    jarayonida tirik organizm hujayralari hayot faoliyatining doimiyligi, ya’ni
    gomeostazni saqlash uchun hujayra strukturalari bo‘lgan membranalar va
    organoidlar tarkibiga kiradigan oqsillar, lipidlar, uglevodlarni sintezlaydi.
    Hujayraning tuzilishi hamda tarkibining yangilanib turishini ta’minlaydigan
    biosintetik reaksiyalar yig‘indisi plastik almashinuv (assimilatsiya, anabolizm)
    deb ataladi.
    Moddalar almashinuvining hujayradagi yana bir muhim funksiyasi
    hujayrani energiya bilan ta’minlashdir. Organizm hayot faoliyatining har
    qanday ko‘rinishi, ya’ni harakatlanish, ta’sirlanish, oziqlanish, to‘qima va
    organlar faoliyati, tana haroratining doimiyligini saqlash energiya sarfl ashni
    talab etadi. Hujayrani energiya bilan ta’minlash uchun organik moddalarning
    parchalanishi va kimyoviy reaksiyalar natijasida ajralib chiqadigan energiyadan
    foydalaniladi. Hujayrani energiya bilan ta’minlab beradigan reaksiyalar
    yig‘indisi energetik almashinuv (dissimilatsiya, katabolizm) deb ataladi.
    Hujayra hayot faoliyatining doimiyligini saqlashni ta’minlovchi plastik
    va energetik almashinuv reaksiyalari yig‘indisi metabolizm, metabolizm
    mahsulotlari esa metabolitlar deyiladi.
    Plastik almashinuv bilan energiya almashinuvi bir-biri bilan chambarchas
    bog‘langan. Plastik almashinuv reaksiyalari uchun zarur energiya manbayi
    ATF energetik almashinuv reaksiyalarida hosil bo‘ladi. Energetik almashinuv
    reaksiyalarining yuzaga chiqishi uchun zarur fermentlar plastik almashinuv
    reaksiyalarida sintezlanadi. Plastik va energiya almashinuvlar orqali hujayra
    tashqi muhit bilan bog‘lanadi. Bu jarayonlar hujayra hayoti davom etishining
    asosiy sharti, uning o‘sishi, rivojlanishi va funksiyalarini yuzaga chiqarish
    manbayidir.

    Tirik hujayra ochiq sistema sanaladi, chunki hujayra bilan atrof-muhit o‘rtasida moddalar bilan energiya tinmay almashinib turadi.



    Download 5,57 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69




    Download 5,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi

    Download 5,57 Mb.