• Neytral yog‘lar
  • Lipidlarning funksiyalari
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi




    Download 5,57 Mb.
    bet47/69
    Sana27.08.2024
    Hajmi5,57 Mb.
    #269907
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   69
    Bog'liq
    BIOLOGIYA FANI MAJMUA(1)

    Zaxira funksiyasi
    Laktoza Sutemizuvchilarning suti tarkibiga kiradi
    Kraxmal O‘simlik to‘qimalarida zaxira modda sifatida to‘planadi
    Glikogen Hayvonlar to‘qimalarida zaxira modda sifatida to‘planadi
    Himoya funksiyasi
    Geparin Hayvonlarda qon ivishiga to‘sqinlik qiladi
    Lipidlar. Barcha tirik organizmlar hujayralari tarkibiga kiradi. Lipid qutb-
    lanmagan, gidrofob molekulalardir. Tuzilishiga ko‘ra bir necha guruhlarga bo‘linadi.
    Neytral yog‘lar – tabiatda ko‘p tarqalgan lipidlar bo‘lib, 3 ta yog‘ kislota
    va 3 atomli spirt – glitserinning birikishidan hosil bo‘ladi. Bu guruhga hayvon
    yog‘lari va o‘simlik moylari kiradi. Mumlar – yog‘ kislotalar va ko‘p atomli spirtlarning birikishidan hosil bo‘ladi. Mumlar terini, hayvonlarning junini,
    qushlarning patlarini qoplab turadi, ularni yumshatadi hamda suvdan himoya
    qiladi. Mum qoplami barg, poya, mevalarni suv ta’siridan, qurib qolishdan
    himoya qiladi. Fosfolipidlar – hujayraning membranali tuzilmalarini hosil
    qiladi. Glikolipidlar – lipidlarning uglevodlar bilan, lipoprotein – lipidlarning
    oqsillar bilan hosil qilgan birikmasi. Steroidlarga mansub – xolesterin hujayra
    membranasining muhim tarkibiy qismidir. Buyrak usti bezida, jinsiy bezlarda
    xolesterindan steroid gormonlar sintezlanadi. Ortiqcha xolesterin qon tomirlarda
    to‘planib, tomirlarni toraytiradi, ateroskleroz kasalligiga sabab bo‘ladi. A, D,
    E, K vitaminlari ham yog‘simon moddalarga kiradi.
    Lipidlarning funksiyalari. Lipidlar hujayrada xilma-xil funksiyalarni
    bajaradi. Plastik (qurilish materiali) funksiyasini bajaradigan lipidlarga hu-
    jayralar membranali tuzilmalarining tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar, xolesterin,
    lipoproteinlar, glikolipidlar misol bo‘ladi.
    Buyrak usti bezidan ajraladigan kortikosteroid gormonlar va jinsiy
    bezlarning gormonlari steroidlar qatoriga kiradi va gormonal funksiyani
    bajaradi. 1g yog‘ to‘liq oksidlanganda 9,3 kkal yoki 38,9 kJ energiya ajraladi. Teri osti yog‘ kletchatkasi mexanik ta’sirlardan himoya qiladi. Lipidlar
    issiqlikni yomon o‘tkazganligi tufayli, organizmda issiqlikni saqlashga yordam
    beradi. O‘simliklarda va hayvonlarda yog‘ zaxira holda to‘planadi. Cho‘l
    hayvonlarida va qishda uyquga ketadigan hayvonlarda zaxira yog‘ energiya
    va suv manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Yog‘da eruvchi A, D, E, K vitaminlari
    fermentlarning koferment qismini tashkil qiladi.

    Download 5,57 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   69




    Download 5,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi

    Download 5,57 Mb.