O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi




Download 5,57 Mb.
bet48/69
Sana27.08.2024
Hajmi5,57 Mb.
#269907
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   69
Bog'liq
BIOLOGIYA FANI MAJMUA(1)

Oqsillar tarkibida C, O, H, N, S tutuvchi yuqori molekular biologik
polimerlar bo‘lib, ular 20 xil aminokislotalardan tashkil topgan. Ular birinchi
darajali biologik ahamiyatga ega ekanligi uchun proteinlar (grekcha «protos» –
birlamchi, muhim) deb ataladi. Tirik organizmlar hayot jarayonlari ko‘p
jihatdan oqsil moddalarga va ularning biologik funksiyasiga bog‘liq.
Oqsillar viruslar va barcha tirik organizmlar: bakteriyalar, zamburug‘lar,
o‘simliklar, hayvonlar tarkibining ajralmas qismi hisoblanadi. Hujayrada yuz
beradigan kimyoviy o‘zgarishlarda oqsillar ishtirok etadi. Oqsillar polimer
moddalar bo‘lib, ularning monomerlari aminokislotalardir.
Aminokislotalar. Aminokislotalar kichik molekulali organik birik-
malar bo‘lib, organik karbon kislotalarning hosilalari hisoblanadi. Tirik
organizmlardagi oqsil turlarining xilma-xilligi oqsillar tarkibiga kiruvchi
aminokislotalarning turli variantlarda kombinatsiyalar hosil qilishi tufayli
ta’minlanadi.
Aminokislotalar molekulasi barcha aminokislotalar uchun bir xil bo‘lgan
i kki qismdan, aminoguruh (– NH) va karboksil guruh (– COOH) va har bir aminokislota uchun o‘ziga xos bo‘lgan
qism – radikaldan iborat (7-rasm). O‘simliklar
va ko‘pchilik mikrooganizmlar hujayralaridagi
oqsillar tarkibiga kiruvchi barcha aminokis-
lotalar tabiatda uchraydigan boshqa mod-
dalardan sintezlanadi. Biroq bu xususiyat odam
va hayvonlarda (ayrim xivchinlilardan tashqari)
mavjud emas. Odam va hayvonlar bir necha
aminokislotalarni boshqa organik moddalardan
sintezlay olmaydilar. Bu aminokislotalar ular organizmiga ovqat tarkibida
qabul qilinishi kerak. Bu aminokislotalar almashinmaydigan aminokislotalar
deyiladi. Masalan: valin, izoleytsin, leytsin, lizin, metionin, treonin, triptofan,
fenilalanin. Odam va hayvon organizmida boshqa organik moddalardan
sintezlanadigan aminokislotalar almashinadigan aminokislotalar deyiladi.
Oqsillarning tuzilishi. Oqsillar tarkibida aminokislotalar o‘zaro peptid
bog‘ hosil qilib birikadi (8-rasm). Shuning uchun oqsillar polipeptidlar deb
ham yuritiladi. Bunda qo‘shni aminokislotalarning birikishidan bir molekula suv ajraladi. Aminokislotalarning o‘rtacha molekular massasi 138 ga, oqsil
tarkibidagi aminokislota qoldig‘ining o‘rtacha molekular massasi 120 ga teng
deb olish mumkin. Oqsil molekulasida aminokislotalarning joylashish tartibi, turning
o‘zgarmas xossasi bo‘lib, oqsil sintezi vaqtida DNKdagi irsiy axborot asosida
tuziladi. Har bir oqsil molekulasi o‘ziga xos tuzilishga ega. Organizmning
hujayralaridagi oqsillar (fermentlar, gormonlar) bir xil funksiyani bajarishiga qaramay aminokislotalar tarkibi bo‘yicha o‘zaro farq qiladi. Turlar bir-biridan kelib chiqishi jihatidan qancha uzoq bo‘lsa, ularning oqsillari orasidagi farq ham shunchalik katta bo‘ladi


Nuklein kislotalar. Nuklein kislotalar
polimerlar bo‘lib, ularning monomerlari
nukleotidlar hisoblanadi. Har bir mono-
nukleotid 3 ta komponentdan tuzilgan: azotli
asos (10-rasm), monosaxarid (11-rasm), fosfat kislota qoldig‘i.
DNK tarkibiga kiruvchi nukleotidlar dezoksiribonukleotidlar, RNK
tarkibiga kiruvchi nukleotidlar ribonukleotidlar deb yuritiladi (12–13-rasmlar).


Polinukleotidlarning tuzilishi. Mononukleotidlar bir-biri bilan o‘zaro
birikib polinukleotidlarni hosil qiladi. Polinukleotid zanjirida mononukleotidlar
o‘zaro fosfodiefi r bog‘i yordamida bog‘lanadi. Fosfat kislota qoldig‘i oldingi
nukleotid pentozasining 3´ uglerod atomi bilan, keyingisining 5´ uglerod atomi
bilan bog‘lanadi. Polinukleotid zanjirning bir uchi 5´– oxiri deyilsa, ikkinchi
uchi 3´ – oxiri deyiladi. Polinukleotidlarda mononukleotidlarning birin-ketin
izchil joylashishi uning birlamchi tuzilmasini tashkil etadi.
DNKning tuzilishi. DNK molekulasi birgalikda o‘ng tarafga buralib,
qo‘sh spiral hosil qiluvchi ikkita polinukleotid zanjirlardan iborat. Bu zanjirlar
bir-biriga antiparallel bo‘lib, biri 3´ uglevod bilan boshlanib 5´ uglerod
bilan tugallansa, ikkinchisi 5´ uglerod bilan boshlanadi va 3´ uglerod bilan
tugallanadi. Purin va pirimidin asoslari spiral ichida joylashadi (15-rasm).
Bir zanjirning purin asosi va ikkinchi zanjirning pirimidin asosi bir-biri
bilan vodorod bog‘i orqali bog‘lanib komplementar juftlarni hosil qiladi.
Adenin va timin o‘rtasida ikkita vodorod bog‘i hosil bo‘lsa, guanin va sitozin
o‘rtasida uchta vodorod bog‘i hosil bo‘ladi
RNKning tuzilishi. RNK molekulasi bitta polinukleotid zanjiridan iborat
(17-rasm). Tuzilishi, molekulasining katta-kichikligi, hujayrada joylashishi va
bajaradigan vazifasiga ko‘ra 3 xil RNK farq qilinadi.
Informatsion RNK (i-RNK) oqsilning strukturasi haqidagi genetik axborotni
yadrodan ribosomalarga yetkazadi. Ribosomal RNK (r-RNK) ribosomalarning
tarkibiga kiradi, yadroda xromosomaning yadrocha hosil qiladigan qismida
sintezlanadi. Transport RNK (t-RNK) yadroda hosil bo‘ladi, aminokislotalarni
biriktirib ribosomaning polipeptid zanjiri yig‘iladigan joyga – ribosomaga yetkazadi. t-RNK «beda bargi» deb ataluvchi ikkilamchi struktu ra ga ega. t-RNKning mo lekulasida ikkita faol qismi bo‘lib, ular dan biri antikodon tripleti va ikkin chisi akseptor uchi. Antiko don tripleti i-RNKning kodoniga komplementar. Akseptor uchiga aminokislotalar birikadi (18-rasm). RNK
mo lekulalari DNK molekula si ning qo‘sh anjirining biriga kom plementar tarz da sintezlanadi.

Tayanch so‘zlar: valin, izoleytsin, leytsin, lizin, metionin, treonin, triptofan, fe -
nilalanin, purin, pirimidin.
Savol va topshiriqlar:
1. Biologik polimerlarning qanday guruhlarini bilasiz?
2. Aminokislotalarning tarkibi, tuzilishi va xossalarini gapirib bering.
3. Almashadigan va almashmaydigan aminokislotalarni izohlang.
4. Oqsil molekulalarining tuzilish darajalarini tushuntirib bering.
5. Oqsillarning funksiyalari nimalardan iborat?
6. Dezoksiribonuklein kislotaning tuzilishi, tarkibi haqida nimalarni bilasiz?
7. Ribonuklein kislotaning tuzilishi, tarkibini izohlang.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
1-topshiriq. DNK va RNKning umumiy jihatlari va farqlarini aniqlab, dia -
g rammada aks ettiring.


Download 5,57 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   69




Download 5,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi

Download 5,57 Mb.