• Suvning hujayradagi funksiyalari nihoyatda ko‘p
  • Hujayra tarkibiga kiruvchi birikmalar




    Download 5,57 Mb.
    bet45/69
    Sana27.08.2024
    Hajmi5,57 Mb.
    #269907
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   69
    Bog'liq
    BIOLOGIYA FANI MAJMUA(1)

    Hujayra tarkibiga kiruvchi birikmalar. Hujayra tarkibiga kiruvchi
    birikmalarni ikki guruhga: anorganik moddalar va organik moddalarga birlashtirish mumkin (1-sxema).Hujayraning anorganik birikmalari. Hujayraning hayot faoliyatida mineral tuzlar ham muhim ahamiyatga ega. Mineral tuzlar hujayrada kationlar (K + , Na + , Ca +2 , Mg +2 ), anionlar yoki kristall holda uchraydi. Kation va anionlarning hujayra ichidagi va tashqi muhitidagi miqdori farq qiladi. Natijada hujayraning ichki va tashqi muhiti o‘rtasida potensiallar farqi yuzaga keladi. Bu farq nerv impulslarining o‘tkazilishi va muskul tolalarining qisqarishi kabi muhim jarayonlarni ta’minlaydi. Ionlar hujayrada muhim funksiyalarni bajaradi. – K + , Na + , Ca 2+ kationlari organizmlarning qo‘zg‘aluvchanlik xu susiyatlarini ta’minlaydi; – Mg 2+ , Mn 2+ , Zn 2+ , Ca 2+ kationlari fermentlar faoliyati uchun zarur;– fotosintez jarayonida uglevodlarning hosil bo‘lishi xlorofi ll tarkibiga kiruvchi Mg 2+ ga bog‘liq; – kuchsiz kislota anionlari hujayra ichki muhitining doimiyligini – buferlikni ta’minlaydi. Hujayra ichki muhitining kuchsiz ishqoriy holatda doimiy saqlash xususiyati buferlik deyiladi. Hujayra ichida anionlari, hujayralararo suyuqlik va qon plazmasida H2CO3- anioni buferlikni ta’minlovchi sistemalar hisoblanadi.
    Suvning hujayradagi funksiyalari nihoyatda ko‘p. Ko‘p hujayrali organizmlar tana massasining 80% ini suv tashkil qiladi. Hujayradagi suv ning miq dori, shu hujayradagi moddalar almashinuvining intensivligiga bog‘liq bo‘ladi. Hujayrada hayotiy jarayonlarning suvli muhitda o‘tishga mos lashganligi, dastlabki hayotning suvda paydo bo‘lganligini isbotlovchi dalil hisoblanadi. Suvning biologik funksiyalari uning fi zik-kimyoviy xususiyatlari bilan belgilanadi. Suv molekulasi kislorod atomi va u bilan kovalent bog‘lar orqali bog‘langan ikkita vodorod atomidan tashkil topgan. Suv molekulasining bir tomoni musbat, ikkinchi tomoni esa manfi y zaryadlangan bo‘lib, dipol – ikki qutbli molekula deyiladi (3-rasm). Bitta suv molekulasining manfi y zaryadlangan kislorod atomi bilan ikkinchi suv molekulasining musbat zaryadlangan vodorod atomi orasida vodorod bog‘ hosil bo‘ladi. Har bir suv molekulasi 4 ta qo‘shni suv molekulalari bilan vodorod bog‘ hosil qilib birikadi (4-rasm).

    Suvning yuqorida keltirilgan xususiyatlari uning funksiyalarini belgi laydi. Suv ko‘pchilik tirik organizmlar uchun yashash muhiti hisoblanadi va organizmda oziq moddalarni, metabolizm mahsulotlarini tashiydi. Suvda erigan mineral moddalar o‘simliklarning o‘tkazuvchi to‘qimalari orqali barcha organlariga yetkaziladi. Suv hujayrada muhim erituvchi hisoblanadi. Suv molekulalari qutbli bo‘lgani uchun unda qutbli moddalar yaxshi eriydi. Suvda yaxshi eriydigan moddalarni gidrofi l moddalar deyiladi Ularga osh tuzi, monosaxaridlar, disaxaridlar, oddiy spirtlar, aminokislotalar misol bo‘ladi. Suvda yomon eriydigan va umuman erimaydigan modda larni gidrofob moddalar deyiladi. Ularga polisaxaridlar (kraxmal, glikogen, kletchatka), ATF, lipidlar, ba’zi oqsillar, nuklein kislotalar kiradi.

    Download 5,57 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   69




    Download 5,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hujayra tarkibiga kiruvchi birikmalar

    Download 5,57 Mb.