|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi
| bet | 42/69 | Sana | 27.08.2024 | Hajmi | 5,57 Mb. | | #269907 |
Bog'liq BIOLOGIYA FANI MAJMUA(1)Hayotning organizm darajasi. Organizm mustaqil hayot kechiradi gan,
o‘z-o‘zini idora eta oladigan, o‘z-o‘zini yangilay oladigan bir yoki ko‘p hujayrali
yaxlit biologik tizimdir. Organizmlar bir va ko‘p hujayrali bo‘ladi. Hayotning
organizm darajasi moddalar va energiya almashinuvi, ta’sirlanish, o‘sish,
rivojlanish, ko‘payish, hayotiy jarayonlarning nerv-gumoral boshqarilishi,
moslanish, xulq-atvor, umri davomiyligi kabi xususiyatlarni o‘rganadi. Har bir
tirik organizm individ hisoblanib, uning evolutsiyaga qo‘shadigan hissasi nasl
qoldirish va o‘zgaruvchan muhit sharoitiga moslanishdan iborat.
Hayotning populatsiya, tur darajasi. Morfofiziologik, genetik, ekologik,
etologik jihatdan o‘xshash, kelib chiqishi umumiy bo‘lgan, o‘zaro erkin
chatishib, nasldor avlod beradigan tur arealining ma’lum qismida uzoq muddat
mavjud bo‘lgan individlarning yig‘indisi populatsiya deyiladi. Tur ma’lum
arealga ega o‘zaro erkin chatisha oladigan, ayrim belgi va xossalari bilan
shu turning boshqa populatsiyalaridan farq qiladigan, nisbatan alohidalashgan
populatsiyalar yig‘indisidir. Hayotning bu darajasi populatsiya zichligi,
individlar soni, ko‘payish tezligi, yashovchanlik, jinsiy va yosh bilan bog‘liq
tarkibi kabi belgilar bilan ta’rifl anadi. Hayotning bu darajasida tur doirasida
individlar o‘rtasidagi munosabatlar, populatsiya dinamikasi, populatsiya
genofondining o‘zgarishlari, tur hosil bo‘lish jarayonlari sodir bo‘ladi.
Populatsiya evolutsiyaning boshlang‘ich birligi hisoblanadi.
Hayotning biogeosenoz (ekosistema) darajasi. Hayotning biogeosenoz
darajasining elementar birligi har xil turlarga mansub populatsiyalardir.
Bir-biri va atrof-muhit bilan o‘zaro dinamik munosabatda bo‘lgan,
ma’lum maydonda tarqalgan o‘simlik, hayvon, zamburug‘, bakteriya
turlarining yig‘indisi biogeosenoz yoki ekosistema deyiladi. Hayotning bu
darajasi ekosistemalar strukturasi, biotik munosabatlar, oziq zanjiri, trofi k
darajalar kabi xususiyatlar bilan tavsifl anadi. Bu xususiyatlar moddalar va
energiyaning davriy aylanishi, ekosistemalarning o‘z-o‘zini boshqarishi,
tirik organizmlarning muhit omillari bilan dinamik muvozanati, mavsumiy
o‘zgarishlar kabi jarayonlarda aks etadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Uchko’prik tumani 2- son kasb hunar maktabi Kasb yoki mutaxasislik nomi
|