Aloqa vositasi yordamida harakati boshqariladigan avtomobil maketini harakatini
boshqarish uchun mikrokontroller Arduino Uno dan foydalanib elementlarni ketma-
ketligini quyidagicha tuzib belgilangan traektoriyada
maketni harakatlanishini
ta`minladim .
Ishning borish tartibi :
Aloqa vositasidan kelayotgan signal uzunligiga qarab obyektning qaysi
tomonga oldinga yoki orqaga harakatlanishiga kelayotgan signal buyrug`iga qarab
mikrokontrollerdan boshqaruvchi signal chiqadi va obyekt orqaga yoki oldinga
harakatlanadi . Bundan tashqari aloqa vositasidan mikrokontrollerga buyruq
beruvchi signalga qarab chiquvchi signal chiqadi . Ammo chiquvchi signal o`ta
zaifligi tufayli tranzistor KT815 kuchaytirgich orqali mp cho`lg`amiga keladi ,
natijada birinchi yoki ikkinchi mp cho`lg`amiga kelgan boshqaruv signaliga qarab
elektrodvigatel oldinga yoki orqaga harakatlanadi .Harakatlanish
tasmali uzatma
orqali mashinani harakatlantiruvchi roliklarga yetqaziladi . Natijada maket oldinga
yoki orqaga harakatlanadi .
Ulanish sxemasi haqida umumiy ma`lumot
O’z.
Varaq
Hujjat №
Imzo
Sana
Varaq
1.20 N.XQM 00.00.000 HYo
Aloqa vositasidan mikrokontroller Arduino Uno ning kirish porti A0 va GND
portlariga ulanib yopiq zanjir hosil qiladi. A0 portidan kirgan elektron signal
dasturiy ta`minot ya`ni C++ dasturlangan mikrokontrollerda qayta ishlanib keluvchi
signalga qarab chiqish portlari 2 yoki 4 dan chiqadi. Chiquvchi signal dasturiy
ta`minotda belgilangan vaqt bo`yicha chiqadi. Chiquvchi signal 2 yoki 4 dan
chiqishidan qat`iy nazar o`ta zaif bo`ladi . Shu sababli elektrodvigatelni harakatga
keltirolmaganligi tufayli uni 10 yoki undan ortiqroq martaga kuchaytirish maqsadida
kuchaytirgich KT815 orqali kuchaytiriladi. Kuchaytirilgan signal elektrodvigatelni
yetarli elektr energiyasi bilan ta`minlay olmaganligi tufayli uni kontaklik rele
HUIKE orqali yana bir marotaba kuchaytirish maqsadida undan foydalandim. Rele
cho`lg`ami 85kom agar u kam yoki ko`p bo`lsa qo`zg`atish momenti kontakti aniqsiz
bo`lar edi. Shunga muvofiq shunday qarshilikli rele tanlandi. Rele cho`lg`ami 4,8
volt da sakrashsimon ya`ni kontaktlarni qo`zg`atish momenti to`liq ishga tushadi.
Aksincha undagi tok miqdori kamayib ketsa obyektni harakatini boshqaruv signali
elektrodvigatelgacha yetib bormaydi. Natijada harakatni amalga oshirib bo`lmaydi.
Yetarli qarshilik va elektr energiyasi bilan to`liq ta`minlanilsa
elektrodvigatel
harakatni aniq va belgilangan masofa bo`yicha bosib o`tadi. Zararlangan muhitdagi
zarasizlantirish kerak bo`lgan obyektgacha funksional operatsiyalarni boshqaruvchi
robortni o`sha muhitgacha olib boradi. Mikrokontroller Arduino Uno da yozilgan
dasturiy ta`minot C++ dasturlash tilida yozilgan. Undagi parametrlar to`liq bizdagi
harakatlarni boshqarish imkonini beradi. Dasturda mukammal tizimni boshqarish
imkoni ham mavjud. Lekin shuni ham aytish joizki tarmoqdagi ya`ni aloqaning
kechikishlari natijasida uni real ishlab chiqarishga qo`llash maqsadga muvofiq
bo`lmaydi. Chunki aloqaning hamma joyida birday
kuchli va kechikishlarsiz
yetkazib berish imkoniyati hali to`liq mavjud emas. Shu sababli qilingan
labaratoriya eksperement o`quv jarayoniga ya`ni oliy ta`limning ba`zi yo`nalishlari
va kasb – hunar kollejlarining avtomatlashtirish va shunga o`xshash tarmoqlari
uchun o`quv jarayoniga qo`llash va uni talabalarga funksional bog`lanishlari haqida
nazariy bilim va labaratoriya darslarida amaliy jihatdan qo`llash maqsadga
muvofiqdir .