Volkswagen, Bosch va
Vadafone
firmalari
tomonidan
ishlab chiqilgan PTV
1.3 rasm.
Volkswagen kompaniyasi
tomonidan ishlab chiqilgan PTV
O’z.
Varaq
Hujjat №
Imzo
Sana
Varaq
1.20 N.XQM 00.00.000 HYo
Volswagen avtopilotli avtomobili o’z harakat chizig’ida qat’iy
harakatlanishni, oldinda ketayotgan avtomobil bilan stabil oraliq masofani saqlab
kerak bo’lganda tormozlashni amalga oshirishga loyiq. Tizim yo’l harakati
belgilarini ham taniydi va ularga mos ravishda avtomobil harakatiga o’zgartirishlar
kiritadi. Lekin bu pilotsiz avtomobil manyovrlarni amalga oshirishi uchun
chegaralar qo’yilgan, Google avtomobilidan farqli o’laroq u berilgan marshrutni
to’liq pilotsiz o’ta olmaydi.
General Motors (AQSH) firmasini to’lik yoki qisman avtomatlashtirilgan
boshqaruvli avtomobilini yaratishda asosiy vazifasi uni xavfsizlik darajasini
oshirish. Bu sohadagi ishlar kelajakda avtomobillarni avtomatik boshqarish
tizimlarida haydovchini to’liq almashtiradi.
Nissan Karlos YApon avtomobil kompaniyasi 2020 yilda haydovchisiz
avtomobillarni ko’p miqdorda ishlab chiqarmoqchiligini aytgan. Bu avtomobillarni
massaviy sotish kompaniya rejasiga kiritilgan. Robotlashtirilgan avtomobillar
«Autonomous Drive» texnologiyasini qo’llagan holda ishlab chiqariladi. Bu
avtomobilni boshqarish uchun haydovchi talab qilinmaydi. YAngi ishlanma lazer
radar, kameralarni o’z ichiga to’rtta og’ir yuk mashinasidan iborat olgan bo’lib,
ulardan olingan ma’lumot yo’ldagi holatga tez adaptatsiyalanadigan kompyuterga
yuboriladi.
Haydovchisiz yuk avtomobillarini ishlab chiqarish printsiplari ham amalda
yengil mashinalar bilan bir xil. Terramax uch juft kamera yordamida landshafni uch
o’lchamli ko’rinishini quradi. Ikki eng yakin kameralardan past tezliklarda
foydalaniladi va xavfni 15 m oldindan aniqlashga imkoniyat yaratadi. YUqori
tezliklar uchun robot 15m dan 50m gacha masofani rasmga olish uchun kattaroq
kenglikka ega kamerani tanlaydi. Uchinchi juftlik shu distantsiya oralig’ini rasmga
oladi. Terramax boshqaruv tizimida xavf aniklangandan keyin tezlikni kamayishi
bilan katta uzoqlik kamerasidan o’rta uzoqlik kamerasiga ulanish bajariladi, keyin
esa texnik ko’rinish maydonida hamma xavflarni aniqlash uchun va avtomobil
harakatiga korrektirovka kiritish maksadida yaqin uzoqlikdagi kamera ishga
tushiriladi.
YAponiyaning energetik va sanoat texnologiyalarini rivojlantirish davlat
tashkiloti yonilgini iktisod kilish maqsadida to’rtta og’ir yuk mashinasidan iborat bir
biridan to’rt metr masofada harakatlanadigan kolonnani muvaffaqiyatli dasturlashga
erishdi. SHu usul bilan ular avtomobil harakatlanganda hosil bo’ladigan havo
qarshiligini kamaytirishga va haydovchisiz og’ir yuk mashinalarini yoqilg’ini
iqtisod qilishga erishildi.
O’z.
Varaq
Hujjat №
Imzo
Sana
Varaq
1.20 N.XQM 00.00.000 HYo
Goting KG Germaniya firmasi samosvallar avtomobillari kolonnasini avtomatik
boshqarish texnologiyasini namunaviy shakllarini ko’rgazmali namoyish qildi.
Kolonnadagi birinchi mashinani professional haydovchi boshqaradi, lekin elektron
uskunalar haydovchini harakatlarini kuzatib boradi va shu ma’lumotlarni radioaloqa
orqali qolgan mashinalarga komanda ko’rinishida uzatadi. Kolonnadagi yetaklovchi
avtomobil o’zidan oldindagi avtomobil harakatini nazorat qilish uchun lazer
skanerlari bilan ta’minlangan. YUklarni tashishni bu yechimi qishloq xo’jalik
mahsulotlarini, foydali qazilmalarni, yo’llarni qurish, inson uchun xavfli zonalardagi
yuklarni tashish uchun juda qulay hisoblanadi.
Evropa va AQSH universitetlari olimlari konstruktorlari hamkorlikda amerika
shtatlari oralig’ida harakatlanuvchi katta yukli avtopoezdlarni kolonnasini
haydovchisiz boshqarish texnologiyasini ishlab chiqdi. Mutaxassislar fikricha og’ir
yuk mashinalarini haydovchisiz boshqarish ma’lum ustunliklarga ega.
Volvo firmasi haydovchisiz yuk avtomobillarini afzalliklari:
•
yo’l xavfsizligini oshishi, bu boshqaruvda inson qatnashmagani hisobidan
yaxshilanadi, chunki statistik ma’lumotlarga asosan 80% yo’l trasport
xodisalarini sababchilari inson;
•
20% yonilg’ini iqtisod qilinadi;
•
kolonna yetaklovchi mashinasidagi haydovchi o’zini komfort his qiladi;
•
avtopoezdlar orasidagi masofani kamayishi hisobidan yo’llar yuklamasi
kamayadi.
1.4 rasm.
Yaponiyaning pilotsiz yuk mashinalari
O’z.
Varaq
Hujjat №
Imzo
Sana
Varaq
1.20 N.XQM 00.00.000 HYo
|