Zamonaviy qayta ishlovchi sanoat rivojlanishining texnika taraqqiyoti tejamkor
energiya sarfli, arzon, effektiv ishlaydigan agregat va qurilmalar yordamida oliy
sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni talab qiladi.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarishning yangicha
va zamonaviy usullarini ishlab chiqish va ularni sanoatning
barcha sohalariga
ishlatish natijasida yuqori samaradorlikka erishilmoqda. Shu bilan birga inson qo’l
mehnatini kamaytirib, unga aqliy jihatdan yuksalishiga zamin yaratilmoqda. Shu
sababli inson aqliy mehnat , yaratuvchanlik ruhi hamohang bo’lgan holda fan-
texnika va texnologiyani yuksalishiga erishilmoqda. Inson sog’lig’iga arar
yetkazadigan yoki uni shikastlanish, kuyish, nurlanish kabi o’a
xavfli muhitlarda
ishlashini sanoatdan olish maqsadida, hozirgi zamonda yuksalib borayotgan
robototexniika yutuqlaridan, ya’ni belgilangan operasiyalarni amalga oshiradigan
robotlardan foydalanish keng qo’llanilmoqda. Buning natijasida inson sog’lig’ini
saqlash bilan bir qatorda yer usti va yer osti qazilma boyliklarini qazib olish va ularni
qayta ishlash, qazish jarayonida bo’lishi mumkin bo’lgan xavfli holatlardan ishchilar
va aholini himoya qilish asosiy vazifa hisoblanadi.
Ana shunday muhitlarda yer ostidan qazib olinadigan qazilma boyliklaridan
ohaktosh, oltin, uran va shu kabi qazilma boyliklarini
qazish jarayonida
ishlatiladigan mahsulotni u joydan-bu joyga ko’chiradigan transportyor lentalar
misolida ko’rib chiqamiz. Lentalardan kelayotgan mahsulot miqdoriga qarab bir
yoki o’sha jarayonda ishlatiladigan bir nechta transportyor lentalar harakatini
boshqarishda pultda o’rnatilgan dasturiy ta’minot asosida boshqariladi, buni
zamonaviy kommunikatsiya tarmoqlari orqali boshqarishni amalga oshirishda aloqa
kabellari orqali axborot almashinilar edi. Bu esa kabellarni eskirishi va jarayonda
to’xtalishlarni vujudga keltirar edi. Shu sababli masofaviy boshqarish aloqa kanali
orqali boshqarishni eksperiment variantlarini ishlab chiqdik.
Avtomobilni avtonomligini oshirish muammosini ko’rish
ancha oldin
boshlangan bo’lib, ushbu yo’nalishdagi birinchi tadqiqotlar XX asrning 70 yillarida
Yaponiyada o’tkazila boshlandi. Hozirgi kunda ushbu soxa jadal rivojlanmoqda va
butun dunyo bo’ylab faol ishlanmalar yaratilmoqda. Avtonom transport vositalari
bir necha yuz kilometrli masofalarni bosib o’tdi. Ushbu texnologiyani yaratuvchilari
haydovchisiz boshqariladigan ushbu texnologiyalar yo’llardagi tirbandlikni
kamaytirishi, harakatni xavfsiz ta’minlashini ta’kidlamoqdalar. Ushbu
ta’kidlashning asosi qilib, statistika bo’yicha barcha bo’layotgan yo’l transport
hodisalarining 90 foizida inson ishtirok etganligi ko’rsatilmoqda.
O’z.
Varaq
Hujjat №
Imzo
Sana
Varaq
1.20 N.XQM 00.00.000 HYo
Robototexnika jahonning yetakchi mamlakatlari
rivojlanishida asosiy rol
bo’lgan sohadir. Ushbu sohaning zamonaviy dinamik rivojlanish asosiy tendensiyasi
nafaqat innovatsion yechimlar va investitsiyalar soni bo’yicha, balki ularning
tarmoqlar bo’yicha yo’naltirilganligidir.
Pilotsiz yengil-avtomobil robotlarni loyihalashtirish sohasi bo’yicha ko’proq
muvaffaqiyatga erishgan kompaniya-Google (AQSh) kompaniyasidir. Google-
mobil harakati boshqarish tizimini tashkil etadigan yo’l kartasi bo’ylab kuzatiladi.
Google avtomobili testlash rejimida Kaliforniya yo’llari bo’ylab 300 ming mil, shu
jumladan San-Frantsisko va Los-Andjeles katta trassasida, hamda ushbu yo’lning
asosiy qismi to’liq avtomatik rejimda kompaniya xodimlarini yo’lovchi sifatida olib
o’tdi. Google kompaniyasi avtoparkida Toyota Prius, Audi TT va boshqa turdagi 20
ta pilotsiz avtomobil modellari mavjud.
O’z.
Varaq
Hujjat №
Imzo
Sana
Varaq
1.20 N.XQM 00.00.000 HYo