1.1
rasm.
Google kompaniyasining pilotsiz avtomobili.
Hozirgi kunda pilotsiz avtotransport vositalarini ishlab chiqish bo’yicha ko’p
sonli xalqaro loyihalar ma’lum. Ular ichidan quyidagi loyihalarni alohida ajratib
ko’rsatish mumkin.
Adaptive und Kooperative Technologien furden Intelligenten Verkehr
(qisqartmasi-AKTIV) nomli pilotsiz transport vositalari (PTV) 28 ta mashhur
yevropa kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilyapti. Ular tarkibiga BMW, Siemen,
Volkswagen, Bosch, Vodafone va yana 23 kompaniya kiradi. AKTIVni
yaratuvchilar uchun quyidagi masalalar asosiy prioritet qilib belgilandi: faol
xavfsizlik, transportli kommunikatsiya va transport oqimlarini nazoratini tashkil
qilish, avtomobillar tirbandligiga qarshi kurash va ogohlantirish. AKTIVning yana
bir maqsadi haydovchini qiyin vaziyatlarda himoyalash va yo’lda xavfsizlikni
kuzatish tizimlari hisoblanadi. Xozirgi etapda AKTIV tormozlanish va tezlashishni
sillik bajarishni nazorat qila oladi, bu jaraen avtomobillarni yaxlit guruhi uchun
sinxronizatsiyalangan. AKTIV avtomobillarini xaydovchisiz rejimida sinovi vaqtida
avtodromda tezlikni 180 km/soat gacha ko’tariladi.
Boshqa bir xaydovchisiz avtomobil proektini ishlanmasi nemis olimlariga
mansub bo’lib Leonie deb nomlanadi. Uning boshqarish tizimi umumiy transport
oqimida avtomobil holatini ko’p o’lchov asboblari, uzokni ko’ruvchi va issiqlik
ko’ruvchilar yordamida nazorat qiladi. Avtomobil – robot tonellarda, cho’l
yo’llarida va gavjum trassalarda bemalol harakatlanishi mumkin. Bundan tashkari
nemis olimlari yana bir MIG deb nomlangan avtomobil robotni yaratish buyicha
ishlamoqdalar. Bu proekt faqat Germaniyada bir necha universitetlar ishtirokida
amalga oshirilmokda. Hozirgi paytda bu avtomobil 70 m radiusdagi atrofdagi holatni
nazorat qiladi va piyodalar yo’lakchasi va kesishmalardagi harakatlanishni
o’rganilmokda. Sensor tizimi sifatida o’sha uzoqni o’lchagich va boshqa
asboblardan foydalaniladi. Bu tizimni asosiy ustunligi uning seriyali ishlab
chiqariladigan avtomobillarga qo’llashga tayyorligi. Bu ishlanmada mavjud
texnologiyalarni takomillashirilishi, seriyali avtomobillarni kompletatsiyalashda
adaptiv kruiz nazorati va harakat chizig’ini kuzatish tizimi shakllantirilganligi
xisoblanadi.
1.2 rasm.