• 2. Reklamada iste`molchilarni o‟rganish jarayoni.
  • yo`nalishlarda olib boriladi




    Download 424,75 Kb.
    bet93/117
    Sana06.12.2023
    Hajmi424,75 Kb.
    #112507
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   117
    Bog'liq
    Marketing tadqiqotlari-fayllar.org

    yo`nalishlarda olib boriladi: 
    1. Turli muloqotdagi jamoalar uchun reklama vositalarining samaradorligi va ommaviyligi
    tadqiqotlari. (radio eshittirishlar va teleko`rsatuvlarning ommabopligi darajasini o`rganish asosidà)
    2. Firmaning reklama siyosati samaradorligini o`rganish. (firma va uning tovarlari to`g‟risida
    xabardorlik darajasi o`rganish asosida)
    3. Alohida reklama kampaniyalarining samaradorligi tadqiqotlari. (tajriba asosida reklama
    qilinayotgan tovar bilan iste`molchining tanishligi darajasini o`rganish asosida)
    4. Auditoriyaga reklama murojaatnomasi ta`sirining samaradorligi va kishilar xulq-atvoriga ta`siri
    tadqiqotlari.
    5. Bir nechta reklama vositalarini birgalikda qo`llashdan keladigan samarani o`rganish.
    Yuqorida sanalgan tadqiqotlar reklama ta`sirini kuchaytirish, tavakkalchilikni kamaytirish
    va mablag‟ iqtisodiga erishishga qaratilgan. Masalan, bir kompaniya televidenie orqali reklama
    rolikini 30 soniyadan 15 soniyagacha kamaytirmoqchi bo`ldi. Ammo, tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki,
    15 soniyali reklama juda qisqa bo`lib, kishilar reklama murojaatnomasini o`zlashtirishga ulgurmas
    ekanlar. Bunday tadqiqot natijalari reklama kampaniyasini rejalashtirishda qo`l kelishi aniq.
    2. Reklamada iste`molchilarni o‟rganish jarayoni. 
    Iste`molchilarni o‟rganish bo‟lajak xaridorlarni aniqlashga yordam beradi. Iste`molchini
    o‟rganishni umumiy qabul qilingan nazariyasi, ya`ni "iste`molchi - qirol", iqtisodiy tadbirkorlik
    fundamenti va ishlab chiqarishni yo‟naltiruvchi kuch hisoblanadi. Bu nuqtai nazar, ayniqsa
    istemolchiga tanlov erkinligi berilgan iqtisodiyotda muhimdir. Istemolchilarni o‟rganish ehtimoli
    aniqroq guruhlarni aniqlashga, o‟z tovari va raqiblar tovarini istemolchilar qanday qaror qabul
    qilishini, istemolchi xarid haqida qarorga kelishda qanday samaraga umid bog‟lashni
    oydinlashtirishga yordam beradi. Kishilar o‟zlarining ko‟nglidagini ifodalash, extiyojlarini
    qondirishga intiladilar, jamiyat tomonidan ma`qullashni, muhabbat, ma`naviy yaqinlik, o‟z
    yaqinlariga yaxshilik qilishni, uzoq yashashni istaydilar. Har bir istemolchi bunday extiyojlarni
    qondirishga turlicha yondashishi mumkin, ammo hech qachon vositalarni maqsad bilan
    aralashtirmaslik kerak.
    Istemolchilarni o‟rganish, ularning did va ruhiyatini aniq tushunish reklama va savdo
    vazifalarini, tovarlarning foydali tomonlarini xaridorlarning extiyoj va talablari nuqtai nazaridan
    talqin qilish muammolariga yakinlashtiradi.
    Reklama tadqiqotlarida iste`molchilar hatti-harakatlari va hissiyotlarini o`rganish reklama
    samaradorligini o`rganish bilan chambarchas bog‟liq. Reklamaning 2 turdagi samaradorligini
    ajratib ko'rsatish mumkin: kommunikativ va yakuniy. Marketing tadqiqotlari asosan
    kommunikativ reklama samaradorligini aniqlash uchun qo'llaniladi. Bunda reklama samarasi 

    Download 424,75 Kb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   117




    Download 424,75 Kb.