Marketing tadqiqotlari




Download 424,75 Kb.
bet101/117
Sana06.12.2023
Hajmi424,75 Kb.
#112507
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   117
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari-fayllar.org

Xom-ashyoni 
qayta 
ishlaydigan 
yoki 
noishlab 
chiqarish 
korxonalari 
raqobatbardoshligiga ta`sir qiluvchi omillar: 
Foyda miqdori
 Bozor kon`yunkturasi
 Ishlab chiqaruvchi va vositachilar o'rtasidagi tijorat aloqalari (kreditlar,
omborxonalar)
Firma raqobatbardoshligiga davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan qo'llab-
quvvatlash ham ta`sir etadi. Bunga:
-
soliqlardan ozod etish
-
kredit va subsidiyalar berish
-
axborot bilan ta`minlash
-
sug'urtalash kiradi.
Firma raqobatbardoshligi tahlili korxonaning raqobat imkoniyatlarini baholashga
asoslanadi. Korxona o'rnining turg'unlik darajasi raqobatbardoshlikni baholash bo'yicha marketing
tadqiqotlariga asoslangan va bu ko'rsatkichlar sonli kattaliklardir. Bunday ko'rsatkichlarga ishlab



99
chiqarish xarajatlari kiradi. Xarajatni kamaytirish foydani oshirish imkonini beradi. Yuqori foyda


o'z navbatida firma faoliyatining rivojlanishiga ko'maklashadi va bu bilan raqobatbardoshlikni
oshiradi.
Firma raqobatbardoshligi tahlilida g'arb amaliyotida keng tarqalgan SWOT-tahlil - korxona
faoliyatining tahlili (quyidagi so'zlarning bosh harflaridan olingan qisqa nom: Afzalliklar va
Kamchiliklar, korxona uchun Imkoniyatlar va Tahdidlar) tavsiya etilishi mumkin. U 15.1-chizma
shaklida ko'rsatilgan.

15.1-chizma
Afzalliklar va Kamchiliklarni baholashda asosiy e`tibor korxonaning ichki omillariga,
Imkoniyatlar va Tahdidlarni baholaganda esa tashqi muhitni belgilaydigan omillarga qaratiladi.
Korxonaning ichki omillari undan tashqarida yuzaga keladigan iste`molchilar,
ta`minotchilar, raqobatchilar, aloqador auditoriyalar va jamoatchilik fikri bilan bog'liq bo'lgan
muammolarga qaraganda osonroq aniqlanadi.
Afzallik va Kamchiliklarni aniqlashga resurslar va imkoniyatlarning tavsifi yordam beradi.
Bunday deyilganda korxona uchun ijobiy deb baholashimiz mumkin bo'lgan har qanday turli
ko'rsatkichlar va kattaliklar tushuniladi. Masalan, korxona darajasida bu ilg'or yoki eng yangi
texnologiyalar va "nou-xau"lar, ishlab chiqarish va boshqaruv xodimlarining tegishli tayyorgarligi,
boshqarish va rag'batlantirish usullarini ishlab chiqish yoki zamonaviylashtirish.
Korxona faoliyatining kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilishda jismoniy aktivlar
(binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari, tovar-moddiy boyliklar, qimmatli
qog'ozlar, pul mablag'lari), bozordagi imiji (obro'-e`tibor, maqsadli bozorda korxonaning obro'si)
va mehnat resurslari (oliy va o'rta boshqaruv xodimlari, malakali ishchilar) kabi ko'rsatkichlar audit
qilinishi mumkin.
Korxonaning kamchiliklariga qandaydir resurslar va imkoniyatlarning etishmasligi kirishi
mumkin, ayniqsa, raqobatchilar bilan taqqoslaganda kuchli namoyon bo'ladigan kamchiliklar.
Korxonaning imkoniyatlarini korxona uchun umumiy va muayyan tovar bozoriga nisbatan olib
qaraladigan ixtisoslashgan holda tasavvur qilish mumkin.
Tahdidlar (xavf-xatarlar) to'rt xil ko'rinishda bo'ladi:
1) korxona maqsadlarining muvaffaqiyatli amalga oshishiga qarshilik qiladigan;
2) korxona strategiyasini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan resurslarni ko'paytiradigan;
Ta
‟si
rni
ng
kuc
hsi
zl
ani
shi
A
fz
al
li
kka
a
yl
ani
shi
SWOT- tаhlil
O‟stirish
O
‟st
ir
ish
Imkoniyatlar
Kamchiliklar
(kuchsiz tomonlar)
Afzalliklar
(kuchli tomonlar)
Tahdidlar



100
3) kutiladigan moliyaviy natijalar va rentabellikni yomonlashtiradigan;


4) korxona strategiyasining bajarilish xavfi darajasini oshiradigan.
Shunday qilib, korxona faoliyatining SWOT-tahlili korxona faoliyatini takomillashtirib
borish uchun asos bo'lib xizmat qilishi mumkin, chunki imkoniyatlar va afzalliklarni o'stirish va
kuchaytirish kerak, tahdidlar va kamchiliklarning ta`sirini kamaytirib, ularning salbiy ta`sirini
yo'qotish yoki o'z afzalliklariga aylantirish kerak. Buni tashqi kontur -strelkalar ko'rsatmoqda.

Download 424,75 Kb.
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   117




Download 424,75 Kb.