• Tahlilning maqsadiga kora turli iqtisodiy korsatkichlar qollaniladi
  • Iqtisodiy salohiyatni belgilovchi korsatkichlarga quyidagilar kiradi
  • Korxona salohiyatini o'rganishda quyidagi tadqiqotlar olib boriladi




    Download 424,75 Kb.
    bet98/117
    Sana06.12.2023
    Hajmi424,75 Kb.
    #112507
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   117
    Bog'liq
    Marketing tadqiqotlari-fayllar.org

    Korxona salohiyatini o'rganishda quyidagi tadqiqotlar olib boriladi: 
    1.
    Firma xo'jalik faoliyati tahlili
    2.
    Mahsulot raqobatbardoshligi tahlili
    3.
    Firma raqobatbardoshligi tahlili
    4.
    Firmaning raqobat imkoniyatlarini baholash
    Joriy vaqtdagi miqdoriy va sifat baholashlarini olib borishda, korxonaning faoliyat
    natijalarini tahlil qilishdan iborat.
    Bu tahlil iqtisodiy salohiyat, xo'jalik faoliyatining umumiy natijalari, moliyaviy ahvoli,
    to'lov qobiliyati, ya`ni ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini aniqlashga qaratilgan.
    Tahlilning maqsadiga ko'ra turli iqtisodiy ko'rsatkichlar qo'llaniladi: 


    97


    Iqtisodiy salohiyatni belgilovchi ko'rsatkichlar - bu ko'rsatkichlar korxona miqyosini
    baholash, ishlab chiqarish va fan-texnika salohiyatini aniqlash, firmaning bozordagi o'rnini
    baholash uchun qo'llaniladi.

    Korxonaning xo'jalik faoliyatini baholovchi ko'rsatkichlar - bu ko'rsatkichlar
    xarajatlarni va foyda taqsimotini baholash, kapital qo'yilmalari va qimmatli qog'ozlar xaridi
    samaradorligin belgilaydi.

    Firma faoliyati samaradorligi ko'rsatkichlari - bu ko'rsatkichlar korxonaning ishlab
    chiqariø samaradorligi bilan bog'liq bo'lib, sotuv hajmlari, foyda va xarajatlarni aks ettiradi.

    Korxonaning moliyaviy holati ko'rsatkichlari - bu ko'rsatkichlar firmaning to'lov
    qobiliyati va moliyalash manbalaridan bog'liqligidir.
    Iqtisodiy salohiyatni belgilovchi ko'rsatkichlarga quyidagilar kiradi: 
    Aktivlar - korxonaga qarashli bo'lgan, uning oldingi faoliyati natijalarini aks ettiradigan vositalar
    kiradi.
    Asosiy kapital - bu firmaning ishlab chiqarish quvvati bo'lib, unga bino-inshootlar, uskunalar,
    transport vositalari kiradi.
    Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori va qiymati - mahsulot hajmini va mahsulot turlari bo'yicha
    tahlil qilishni nazarda tutadi. Bunda firma egallagan bozor ulushini aniqlash mumkin.
    Korxonaning sho'`ba korxonalari soni va joylashuvi - bu ko'rsatkich korxonaning xalqaro
    faoliyatiga baho beradi.
    Firma infratuzilmasi tavsifi - bu ko'rsatkichga transport, omborxona, texnik xizmat ko'rsatish
    markazlari, xom-ashyo va energiya manbalariga egaligi ko'rsatkichlari kiradi.
    Firma mablag'larini sarmoyada qo'llash - bunda korxona pul mablag'larining sarmoyalashdagè
    o'rni, samarasi va kelajakdagi olinadigan foydasi tahlil qilinadi.
    Firmaning ilmiy-tadqiqot salohiyati - korxonadagi ilmiy-texnikaviy va tajriba-tadqiqot ishlariga
    ketadigan xarajatlar va bo'linmalar soni hamda ularning joylashuvi o'rganiladi.

    Download 424,75 Kb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   117




    Download 424,75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korxona salohiyatini o'rganishda quyidagi tadqiqotlar olib boriladi

    Download 424,75 Kb.