• 3. Reklamada tovar tahlili jarayoni
  • Marketing tadqiqotlari




    Download 424,75 Kb.
    bet95/117
    Sana06.12.2023
    Hajmi424,75 Kb.
    #112507
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   117
    Bog'liq
    Marketing tadqiqotlari-fayllar.org

    Reklamaga munosabat panel uslubida ham o'rganiladi. Buning uchun 1000-3000 tacha
    respondent tanlanadi. Ularga kundalik ochib, unga yoqtirgan bir guruhdagi tovarlar markasini
    yozib qo'yish so'raladi. So'ng har kuni respondent OAV orqali ko'rgan va eshitgan reklama
    murojaatlari sonini, vaqtini va savdo markasini yozib boradi. Oyning oxirida reklama murojaatini
    ko'rgan respondentlar soni 3% dan oshsa, reklama kampaniyasi o'z maqsadiga erishdi deb
    hisoblanadi. Keyin respondentlarning ushbu markani tanlashga o'tganlar soni hisoblab chiqiladi.
    Bunda reklama samarasi aniqlanadi.
    Reklama kampaniyasini boshlashdan oldin reklama murojaati fokus guruhlar yordamida
    tadqiq qilinadi. Fokus guruhlarda ko'rsatilgan reklama uyg'otadigan hissiyotlar so'rovnoma orqali
    bilib olinadi. Masalan:
    1. Reklama diqqatni tortadimi?
    2. Reklama uni oxirigacha ko'rishga yoki o'qishga rag'batlantiradimi?
    3. Reklamaning mazmuni tushunarlimi?
    4. Reklama murojaati samaralimi?
    5. Reklama keyingi xaridlarni rag'batlantiradimi?
    3. Reklamada tovar tahlili jarayoni.
    Reklamadagi tadqiqotlarning ikkinchi yo‟nalishi tovarni tahlil etishdan iborat. Bunda
    tovarning reklamada aytiladigan jalb etuvchi eng muhim xislatlarini ko‟rsatish imkoniyati
    tug‟iladi. Natijada reklama egalari o‟z tovarlarining sifatini iste`molchilarga tushunarli bo‟lgan
    tilda ifodalash imkoniyatiga ega bo‟ladilar. Iste`molchilar bu tovarlardan foydalanishda
    kutiladigan qonikishni sotib oladilar.
    Amerikalik professor Teodor Levitt fikricha,"Tovar bu injener batavsil gapirib beradigan
    narsa emas, balki undan iste`molchi orziqib kutadigan narsadir.Iste`molchi narsani emas, balki



    95
    kutiladigan foydali tomonlarni iste`mol etadi. “Uni umuman kosmetika emas, uning jozibasi,


    firma aktsiyasi emas, daromadi qiziqtiradi”.
    Tovarning yaratilish jarayoni boshlanishi bilan uning tahlili ham boshlanadi. Dastlabki
    g‟oya, uning aniq qiyofasi, yasash, tayyorlash, narxni belgilash, yetkazib berish, reklama qilish,
    sotish, moliyalash va texnika ko‟rsatishda tovar tahlil qilinadi. Reklama faoliyati doirasida tovar
    qiyofasida va tovarning hayotiy davri muhim ahamiyatga ega. Umumiy ma`noda tovar
    qiyofasining shakllanishi buyumni aniq tovarlar kategoriyasida mavjud bo‟lgan markalarga
    qiyoslash, kiritish jarayonidan iborat.
    Tovar xayotiy davrida har xil reklama qo‟llaniladi. Bozorga chiqish bosqichida tovarning
    o‟zi haqida, uning afzalliklari xakida iloji boricha kuprok iste`molchilarni tezroq xabardor qilish
    zarur. Marka tugrisida xabardorlikni yaratish, tovarni xarid qilishga istak uygotish, chakana savdo
    tizimini yo‟lga qo‟yish reklama va sotishni ragbatlantirishga katta xarajatlar talab etadi. O‟sish
    bosqichida firmaning savdo sotik darajasi tobora kutarilib boradi. Reklama xarajatlari hamon
    yuqori bo‟ladi, foyda usadi, raqiblar paydo bo‟lishi bilan reklama ijodiy yondoshuvga o‟tadi,
    endi reklama tovarning aniq bir afzal tomonlariga, muayyan iste`molchilarga karatiladi. Tovar
    hayotiy davrining oxirgi bosqichida, tovar sotilishi pasayadi, reklama va sotishni ragbatlantirish
    kisman ahamiyat kasb etib, asosan marka xakidagi tasavvurlarni uning tarafdorlari kuz ungida
    saqlab turishga xizmat qiladi.
    Halol reklamaning muxim shartlaridan biri mahsulot sifati hisoblanadi. Reklamadagi yana
    eng muhim omillaridan biri tovarni o‟rash, joylash masalasi. Vazifa ma`nosida qadoq tovarni
    ishlab chiqaruvchidan iste`molchiga yetib borish yo‟lida muhofaza qiladi, buzilishdan saqlaydi,
    uni tashish va taqsimlash jarayonlarida xilma-xil qulayliklarni ta`minlaydi.
    Reklamada mahsulot markasi katta ahamiyatga ega. Masalan, Coca-cola, Ford,
    Toyota, Zenit va xokazolar. Xar bir nom kishilarning fikr va xislaridan chukur joy olgan noyob
    sifatlar mazmunini bildirib, yagona bir qiyofani gavdalantiradi. Bu narsa marka timsoli deyiladi.

    Download 424,75 Kb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   117




    Download 424,75 Kb.