|
Marketing tadqiqotlari
|
bet | 96/117 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 424,75 Kb. | | #112507 |
Bog'liq Marketing tadqiqotlari-fayllar.orgBozor tahlili. Uzluksiz ravishda uzgarib turadigan bozorning juda keng maydonlarida
bironta tovar xamma joyda bir xil darajada iste`mol kilinmaydi. Shu sababli umuman bozor,
reklama beruvchilar nazarida bir biridan fark qiladigan ayrim bozorlarning majmuidan iborat.
Bozorni taxlil qilish natijalari asosida reklama beruvchi foydali bozorlarning kaerda
joylashganini, uz tovarlari uchun bu bozorlarning potentsial sig‟imini aniqlaydi. Bunday
ma`lumotlarga ega bulgan reklama beruvchi uz harakatini turli bozor zonalari urtasida, ularning
potentsial sigimiga mutanosib tarzda taqsimlanishi mumkin, bu bilan u reklamaga kilingan
xarajatlarni iloji boricha kuprok koplashga erishadi.
Bozorni taxlil qilishning asosiy omillari: Iqlim sharoitlarining hududiy farqlari,
aholiining an`analari, urf-odatlari, mayl-istaklari, aholii tuplanishi va savdoning jamlanishi xamda
shaxar bozorlarining uziga xos tomonlari.
Kelajakda istiqboli ochiladigan bozorni aniqlashda shuningdek rakobatning jadalligi,
tovar taqsimoti tizimi imkoniyatlari, dillerlar yordami darajasi, shaxsiy savdo, markaning
muqobillik darajasi va savdoni ragbatlantirish borasidagi xarakatlarga ijobiy munosabatlar katta
ahamiyatga ega.
Bozorni tahlil qilishda firma, tarmoq, chakana savdo korxonalarning savdo statistikasi
ma`lumotidan foydalanadi.
Iste`molchilarni, mahsulot va bozorni tadqiq etish jarayonida reklama beruvchi nimani
reklama qilish va kimga reklama qilish kerakq-degan savollarga javob oladi. Bunga javob
olgandan keyin u quyidagi muxim masalalarni xal etish lozim: Reklama chaqirigining o‟zagini
nima tashkil etadi? reklamaning xaridorga etib boradigan sungi qiyofasi qanday bo‟ladi?
Gap shundaki, reklama nomasi "g‟oya" si yoki "konsepsiya" sini ishlab chiqishda uning
shakli va qay tarzda ifodalanishini aniq belgilash lozim. Reklama g‟oyasi reklama chaqirig‟ida
ifodalanishi, tovar belgisida, tovar "obrazi" da yoki shunchaki uning nomida o‟z aksini topishi
mumkin.
|
| |