Xo'jalik faoliyati tahlilida quyidagi asosiy ko'rsatkichlar ko'rib chiqiladi: Umumiy xarajatlar - firmaning yangi bozorlaga chiqish xarajatlari, marketing faoliyati va
tadqiqotlariga xarajatlar, tovarni takomillashtirish va sotish xarajatlari, ijara haqqi kiradi.
Mablag'lar kirimi va chiqimi ko'rsatkichlari - pul mablag'lari manbalari tahlili: sof foyda,
amortizatsiya ajratmalari, subsidiya va dotatsiyalar, aktsiya emissiyasi.
Mablag'lardan foydalanish ko'rsatkichlari - dividentlar bo'yicha to'lov, tashkiliy xarajatlar,
qarz to'lovlari, bank hisob-raqamidagi mablag'larni ko'paytirish.
Firma samaradorligi ko'rsatkichlariga quyidagi asosiy ko'rsatkichlar kiradi: 1. Foyda.
Yalpi foyda - turli to'lovlar va ajratmalarga cha firmaning faoliyat natijalari.
Sof foyda - turli to'lovlar, soliqlar, kreditlar bo'yicha qarzlar, nafaqa fondiga ajratmalardan
so'ng qolgan foyda.
Foyda bo'yicha reja bajarilishi qiymat yoki % hisobida o'lchanadi.
Foydani tahlil qilishda quyidagi 5 ko'rsatkich qo'llaniladi:
Sotish hajmi va foydaning nisbati - korxona rentabelligini tavsiflaydi.Foydaning aktivlarga
nisbati - aylanma kapital rentabelligi ko'rsatkichi. Foydaning asosiy kapitalga nisbati, foydaning o'z
mablag'lariga nisbati, foydaning qarz mablag'lariga nisbati kabi ko'rsatkichlar foydani to'liq tahlil
qilishda qo'llaniladi.
2. Mahsulot sotishdan olinadigan daromad.
Firma faoliyati samaradorligini baholashda sotish hajmi muhimdir.
Sotish hajmining asosiy kapitalga nisbati - asosiy kapitalga ketgan mablag'lar rentabelligini
tavsiflaydi.
Sotilgan mahsulot hajmining aylanma aktivlarga nisbati yoki aylanish koeffitsenti -
aylanma mablag'lar qancha aylansa, shuncha kam mablag' korxona joriy faoliyatini tashkil etishga
kerak.