• 2. Firma raqobatbardoshligi tahlili.
  • Iste`mol tovarlari ishlab chiqaradigan firma raqobatbardoshligiga ta`sir qiladigan omillar
  • Korxonaning moliyaviy holati tadqiqotlari




    Download 424,75 Kb.
    bet100/117
    Sana06.12.2023
    Hajmi424,75 Kb.
    #112507
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   117
    Bog'liq
    Marketing tadqiqotlari-fayllar.org

    Korxonaning moliyaviy holati tadqiqotlari: 
     O'z kapitali tarkibi
     O'z kapitalining aktivlarning balans qiymatiga nisbati - tashqi moliyalash manbalaridan
    bog'liqliq bo'lib, qiymati 1 ga yoki 100% ga yaqin bo'lishi kerak.
     Qarz mablag'larining o'z mablag'lariga nisbati
     Joriy operatsiyalardan tushadigan mablag'lar - kassa va bankdagi naqd pullar.
    Ushbu ko'rsatkichlar korxona faoliyatini har tomonlama tahlil qilish va olingan
    ma`lumotlarni marketing qarorlarini qabul qilishda foydalanish ko'zda tutilgan. Bunda marketing
    tadqiqotlarining kabinet uslublari, jumladan mumtoz va kontent-tahlil qo'llaniladi.
    2. Firma raqobatbardoshligi tahlili. 
    Firmaning ma`lum bir bozordagi o'rni (tarmoqdagi, hududiy, jahon bozoridagi) uning
    raqobatbardoshligi yoki uning iqtisodiy ko'rsatkichlar majmui bilan belgilanadi.
    Tovar raqobatbardoshligi - bu firmalarning ko'proq bozor ulushini egallash borasidagi
    raqobat kurashining natijasi hisoblanadi.
    Firmalar raqobatbardoshligi darajasi ishlab chiqarishning texnologik ta`minoti va fan-
    texnika darajasiga bog'liq.
    Raqobatbardoshlik tahlili iste`molchilarning tovar va firmaga munosabatiga ta`sir qiluvchi
    omillarni aniqlash va o'rganish bilan bog'liq.
    Iste`mol tovarlari ishlab chiqaradigan firma raqobatbardoshligiga ta`sir qiladigan 
    omillar: 

    Tijorat shart-sharoitlari - vositachilarga iste`mol kreditlari va narx tashlamalari
    belgilash, iste`molchilardan ishlatilgan tovarlarni qaytib xarid qilish.

    O'z savdo to'rini tashkil etish - o'z tovarlari savdosini firma do'konlari,
    supermarketlar orqali tarqatish.

    Reklama-tijorat faoliyati - korxonaning yarmarka, ko'rgazma va taqdimotlarda o'z
    tovarini tanishtirish va xayriya maqsadida sovg'a qilish.

    Tovarga texnik xizmat ko'rsatishni tashkil etish - firmaning kafolat muddati
    davomida ta`mirlashni ta`minlash, xizmat ko'rsatishni tashkil etish, nuqsonli tovarni almashtirib
    berish.

    Iste`molchilarning firma to'g'risidagi tasavvuri - tovar assortimentining kengaytirish
    orqali firma obro'yini saqlash, servisi takomillashtirish.

    Download 424,75 Kb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   117




    Download 424,75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korxonaning moliyaviy holati tadqiqotlari

    Download 424,75 Kb.