101
Atamalar lug‟ati.
Bozor - 1) talab
va taklif uchrashadigan joy, bu erda ishlab chiqarilgan mahsulotning
jamoatchilik sezayotgan ehtiyojga
mos kelish darajasi aniqlanadi, mazkur tovarning boshqa
raqobatchi tovarlar bilan raqobatbardoshligi takkoslanadi; 2) tovar, xizmat va
boshqa mulk turlari
bilan almashish sohasi; 3) iste`molchilar guruhi; 4) mazkur
tovarning barcha xaridorlari; 5)
tashkillashtirilgan savdo joyi; 6) tovar
va xizmatlarni olish manbai; 7) qandaydir mahsulot yoki
xizmatlarning virtual yoki tabiiy aks ettirilgan mavjud yoki potentsial
xaridorlari va sotuvchilari
majmui; 8) birja.
Bozor segmenti - taklif etilayotgan bitta mahsulot turi va marketing kompleksiga bir xilda
munosabatda bo„luvchi iste`molchilar guruhi majmui.