|
Kontsentrik (markazlashtirilgan
|
bet | 105/117 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 424,75 Kb. | | #112507 |
Bog'liq Marketing tadqiqotlari-fayllar.orgKontsentrik (markazlashtirilgan) diversifikatsiya - firma assortimentini mavjud
tovarlarga texnik va marketing nuktai nazaridan uxshash bulmagan mahsulotlar bilan tuldirish.
Korporativ reklama - aniq bir tovar markasiga emas, balki tulik tovarlar assortimentiga
ehtiyoj yaratuvchi reklama.
Makromuhit - firmaning marketing muhiti tarkibiy qismi, ijtimoiy jixatdan mikromuhitga
ta`sir kursatuvchi kuchlarga karaganda keng ifodalanuvchi omillar, masalan, demografik, iqtisodiy,
tabiiy, texnik, siyosiy va madaniy omillar.
Maksadli bozor - u yoki bu mahsulotni sotish bozorini tadqiq etish natijasida tanlangan,
marketing xarajatlarining minimalligi bilan tavsiflanuvchi va firma faoliyati natijalarining asosiy
ulushini (qismini) ta`minlovchi bozor.
Marketing axborot tizimi (MAT) - 1) marketing tadbirlarini rejalashtirish, xayotga tatbik
etish va nazorat maksadida aniq, dolzarb ma`lumotlarni uz vaktida tuplash, tasniflash, taxlil qilish,
baxolash va undan marketing soxasida foydalanish maksadida tarkatish uchun mo‟ljallangan
metodik usullar, asbob-uskunalar va odamlarning muntazam faoliyat kursatuvchi o„zaro aloqalar
tizimi; 2) marketing soxasida karorlarni ishlab chiqish va kabul qilish jarayonida foydalaniluvchi
ma`lumotlarni tuplash, taxlil qilish va yetkazish usullari, asbob-uskunalar va xodimlar majmui.
Marketing byudjeti - firmaning marketing faoliyatini amalga oshirishdagi xarajatlar, foyda
va daromadlar mikdori detallashtirilgan tarzda (marketing kompleksi elementlari yoki marketing
tadbirlari buyicha) aks ettirilgan kursatkichlar tizimi, marketingning moliyaviy rejasi, korxona
marketing rejasining bulimi. Marketing byudjetini rejalashtirish maksadli foydaga asoslanishi yoki
foydani optimallashtirishdan kelib chiqishi mumkin.
Marketing jarayoni - yangi ehtiyoj va g‟oyalarni izlab topish, tanlash va ularni tovar yoki
xizmatga aylantirish, bu tovarlarni izlab chiqish va bozorlarda yoki savdo taqsimot tarmoklariga
sotish bilan bog‟liq xarakatlar va bosqichlarning tartibga solingan majmui.
|
| |