94
Reklamani eslab bilish
Uyg'otuvchanlik darajasi
Iste`molchi xulqiga ta`siri
Reklamani tanish tadqiqotlari respondentning biron-bir reklama murojaatnomasini tanish-
tanimasligini o'rganishdan iboratdir. Masalan: reklama murojaati 10
soniya davomida marka va
kompaniya nomlari yashirilgan holda ko'rsatiladi. Respondent ushbu reklamani ko'rgan yoki
eshitganligi hamda yashirilgan nomlarni aytib berishi so'raladi.
Reklamani eslab bilish tadqiqotlari respondentning reklama
murojaatini eslay olishini
tadqiq etadi. Bunda reklamadan so'ng
respondentdan marka nomlanishi,
reklama murojaatining
ma`nosi so'raladi. Televidenie orqali ko'rsatilgan reklamaning eslab qolinish darajasi 24-30 soatdan
so'ng telefon orqali so'rovlar natijasida o'rganiladi.
Uyg'otuvchanlik darajasi tadqiqotlari quyidagicha tashkil qilinadi: yarim soatlik ko'rsatuv
davomida 7 ta reklama murojaati ko'rsatiladi. Bu reklamalar ichida 4 tasi aynan testdan o'tayotgan
reklama murojaatlari hisoblanadi. Ko'rsatuvdan so'ng respondentlarga reklama murojaatlarida tilga
olingan markalarning nomlari so'raladi. Ýslay olgan respondentlarning foizi hisoblanadi.
Keyin
boshqa ko'rsatuv davomida ushbu 4 reklama murojaati yana takrorlanadi. Hamda respondentlarga
ma`lum bir miqdordagi mablag' berilganda qaysi reklama qilingan tovarni tanlashlari so'raladi.
Reklamaning iste`molchi xulqiga ta`siri bevosita do'konlarda o'rganiladi. Do'konga kelgan
xaridorlar orasidan 2 guruh tuziladi. Biri testdan o'tadigan guruh, ikkinchisi nazorat guruhi.
Testdan o'tadigan guruhga 5 ta reklama murojaati ko'rsatiladi va qilingan xulosalar bo'yicha anketa
olinadi. So'ngra ikkala guruhga ham xarid
qilish uchun kuponlar beriladi,
jumladan reklama
qilingan tovar uchun ham. Test guruhi va nazorat guruhi xarid tarkibini o'rganish
orqali
iste`molchilarning reklama natijasida hatti-harakatlarining o'zgarishi tekshiriladi.