Marketing muhiti tashkilot doirasidagi va keng ta`sir doirasidagi belgisiga ko„ra mikro va
89
ta`minotchi bo„lgan firma, uning raqobatchisi uchun ham ta`minotchidir. Ta`minotch ham o„z
faoliyatidv erkin bo„lib, uning talablar va ehtiyojlarini tabiiyki, nazarda tutish lozim.
Masalan, A – firmaning ta`minotchisiga nisbatan munosabatini olaylik. Yetkazib berilgan
tovar uchun pul to„lovlarining kechiktirilish, shartnoma kelishuvlarining
tez-tez buzib turilishi,
nafaqat undan mahrum bo„lish xavfini, balki barcha ta`minotchilar o„rtasida ushbu A – firmasiga
nibatan salbiy mulohazalar vujudga kelishiga sabab bo„ladi. eng ko„ngilsiz oqibat sifatida esa, qayd
etilgan ta`minotchini A – firmaning Raqobatchisi manfaatlarida xizmat qilishi va uning doimiy
ta`minotchisiga aylanishini misol qilish mumkin.
Marketing bo„yicha vositalar – tashkilot uchun uning tovarlarini mijozlariga yetkazish.
Sotish, aloqa o„rnatish bo„yicha yordam ko„rsatuvchilardir. Ular jumlasiga savdo vositachilari
(dilerlar, distrib‟yuterlar, savdo markazlari va hokazo), tovar yetkazib berish bilan shug‟ullanuvchi
tashkilotlar (transport xizmati ko„rsatuvchi tashkilolar, portlar, aeroportlar, omborlarga ega bo„lgan
tashkilotlar vash u kabi tovar harakatini ta`minlovchilar, vositailar),
kredit-moliya muassasalari
(banklar, sug‟urta kompaniyalari va hokazo) kiradi.
Mijozlar va xaridorlarni o„rganish odatda ularni «mijozli bozor» turkumiga bo„lib o„rganish
keng tarqalgan.
Tashkilot o„z mahsulotlarini quyidagi mijozlar bozorida sotishi mumkin:
a)
iste`mol bozorida, ya`ni bevosita uy xo„jaliklari ehtiyojlarin qondirish uchun;
b)
ishlab chiqaruvchilar bozorida, ya`ni tashkilot mahsulotidan foydalanib, boshqa
turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchilar ehtiyojlarini qondirish uchun tashkil etiladigan bozorda;
c)
davlat
muassasalari bozorida,ya`ni davlat buyurtmalari asosida bajariladigan
tovarlar va ko„rsatiladigan xizmatlar bozorida;
d)
ulgurji bozorda;
e)
xalqaro bozorda.
Har bir bozor o„z xususiyatiga va mijozlarining turli-tuman ehtiyojlariga ega. Shu jihatdan,
tashkilot mijozlar ko„lamini va tarkibini o„zgartirishi natijasida tovarni ishlab chiqarish hajmi,
quvvati, sotish intensivligi, foyda me`yori turlicha bo„ladi. Demak, tashkilot o„z
oldiga keng
imkoniyatli mijozlar bozorini shakllantirish vazifasini qo„ymog‟i lozim.
Raqobatchilar alohida o„rganishni talab qiladi. Ular o„z navbatida, istak bo„yicha, safdosh
tovar bo„yicha, tovar turi bo„yicha va tovar markasi bo„yicha turkumlanadi.