• Kamol topish e. Hurmatga ehtiyoj (nufuz, tani- lish va h.zo.) Ijtimoiy ehtiyojlar
  •  Ehtiyoj tushunchasi. Shaxsiy ehtiyojlar tizimi va ierarxiyasi




    Download 424,75 Kb.
    bet86/117
    Sana06.12.2023
    Hajmi424,75 Kb.
    #112507
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   117
    Bog'liq
    Marketing tadqiqotlari-fayllar.org

    3. Ehtiyoj tushunchasi. Shaxsiy ehtiyojlar tizimi va ierarxiyasi. 

    Motivatsiya (yoki ilhomlantirish) – tegishli zarurat va ehtiyojni birlamchi qondirish uchun
    amalga oshiriladigan yo„llar va uslublar hisoblanadi. Nazariy jihatdan motivatsiya ko„pgina
    olimlar tomonidan etarlicha ta`riflangan va amaliy yo„nalishda o„z aksini topgan. Jumladan,
    Zigmund Freydning «motivatsiya nazariyasi», Frederik Gertsbergning «ikki omil» nazariyasi,
    Devid Makklenandning «ehtiyojlar nazariyasi», Abraxam Maslouning «Ehtiyojlar ierarxiyasi»
    nazariyalari nafaqat menejment sohasida, balki marketing va psixologik tadqiqotlarda o„zining
    amaliy o„rnini keng topgan. Bu borada ko„plab maxsus adabiyotlar mavjud va shu sababli biz
    asosan A. Maslouning «ehtiyojlar ierxiyasi» nazariyasi xususida batafsilroq to„xtalamiz.
    A. Maslou barcha inson ehtiyojlarining qondirilish ketma-ketliga ko„ra ularning 5 ta
    darajaga bo„linishi va ular o„rtasida albatta boqichma-boqichlik mavjudligini asoslangan. Shu
    sababli, inson dastlabki fiziologik ehtiyojlarini qondirish uchun ntilish vujujdga keladi va
    bujarayon uzviy davom etaveradi. Pastki darajadagi fiziologik va shaxsiy muhofazaga oid
    ehtiyojlar birlamchi jihatga ega. Har bir xarid qilinishi kutilayotgan buyum yoki foydalanilayotgan
    xizmat ma`lum ehtiyojni qondirishga, shaxsni ilxomlantiradi. Masalan, oilada qizchaning tug‟ilgan
    kuniga ota yoki ona tomonidan qilingan e`tibor uni ma`naviy yaqinlik, oilaviy muhabbat sari
    ehtiyojlarni qondirishda ilhomlantirish vositasi bo„lib xizmat qiladi.

    12.4-chizma 
    Kamol 
    topish e. 
    Hurmatga 
    ehtiyoj 
    (nufuz, tani-
    lish va h.zo.)
    Ijtimoiy ehtiyojlar 
    (ma‟naviy yaqinlik,
    jamoada bo‟lish,
    muhabbat va h.zo.)

    Xavfsizlikka ehtiyoj 



    86
    Bevosita xarid jarayonida idrok etish xususiyatini ko„rib o„taylik. Idrok etish o„z navbatida,


    xaridorningsh tashqi muhit xususidagi shaxsiy tasavvurini ifodalaydi va u tegishli tovar bo„yicha:
    tasviriy idrok, tanlanma idrok va tasviriy xotirada o„rnashadi. Ushbu bosqichlar tovar to„grisida
    umumiy mulohazani, muayyan shaklni, iste`mol qilishdagi tasavvurini shakllantiradi. Keyingi
    psixologik jihatlar bo„lmish: o„zlashtirish, ishonch, o„zaro munosabatda yanada qat`iylashadi va
    xaridning sodir etilishida etakchilik qiladi.
    Idrok etish va o„zlashtirish jarayonida xaridorning qat`iyatlilik saloxiyati uchun zamin
    yaratiladi. Xarid qilish jarayoni uzviy tarzda quyidagi bosqichlardan iborat:

    qanday talabning qondirilishini belgilash;

    tovar xususida axborot yig‟ish;

    tovarlar turi bo„yicha variantlar baholash;

    xarid qilish to„g‟risida kqaror qabul qilish;

    xarid qilingan buyumga munosabat.
    Xaridor o„zining qaysi turdagi talabini dastlab qondirishi borasidagi bir qarorga kelguncha,
    u ko„p jihatlarni tahlil qiladi. Ushbu tovarniolish va u ayni shu vaqtda nechog‟lik zarurq Bu menga
    qanday imkoniyatlar yaratadiq Ushbu xarid men uchun o„rinlimi va atrofdagilar unga qanday baho
    berishlari mumkinq Ushbu tovar sotish bilan shug‟ullanayotgan marketing tadqiqotchisi uchun
    quyidagisavollarga javob topish zarur. qanday turdagi ehtiyojlar va muammolar xaridorga ta`sir
    o„tkazadiq Ushbu muammolar qanday vujudga keldiq qanday qilib xaridor aynan shu tovarni
    tanlamoqchiq
    Ko„pgina xollarda xaridorga tovarning to„liq imkoniyatlari, foydalanish xususidagi axborot
    to„liq etib bormaydi. Shu sababdan, xaridor va sotuvchi suhbatidan asosiy natija kutiladi. Ushbu
    suhbat mavzusi-qaysi tovar qanday assortimenti taklif etilgan, uning sifati, narxi xususida axborot
    to„plash hisoblanadi.
    So„ngra tovarlar bo„yicha variantlar baholanadi. Baholash mezonlari sifatida moda, texnik
    imkoniyatlar, pishiqligi, dizayni, kafolat, sotuvdan keyingi xizmat va shu kabilar bo„ladi. Lekin har
    bir tovar o„ziga xos baholanish ketma-ketligiga ega. Masalan, avtomobillar bo„yicha ularning sinfi,
    quvvati, modeli, ichki qo„shimcha imkoniyatlari, yonilg‟i sarfi, ehtiyot qiismlar va tuzatish
    imkoniyatlari, rangi, narxi bo„yicha axborot albatta zarur. Bu axborotlar xaridorga:

    tovar markasi, marka-tarzi, manfaat darajasi to„g‟risida etarlicha ko„nikma hosil
    qilishga va baholashga imkon yaratadi.
    Bevosita xarid qilish chog‟ida ham xaridor o„z tanlovini o„zgartirishi mumkin. Bunda
    unga sotuvchi, oila a`zosi, xamkasbi va qolaversa o„sha vaqtda savdo zalida bo„lgan o„tkinchi
    xaridor ta`sir etishi mumkin. Xaridorning o„z tanlovini va qarorini o„zgartirishga uning o„z
    fikrida qat`iy tura olishi, o„z shaxsiyatini qadrlashi va boshqa psixolog xususiyatlar ta`sir etadi.


    Download 424,75 Kb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   117




    Download 424,75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Ehtiyoj tushunchasi. Shaxsiy ehtiyojlar tizimi va ierarxiyasi

    Download 424,75 Kb.