• Mavzu №12. Iste`molchilarni o„rganish. 1. Iste`molchilarning hatti-harakati tamoyillari. 2. Iste`molchilar xulq-atvori modellari.
  • Marketing tadqiqotlari




    Download 424,75 Kb.
    bet82/117
    Sana06.12.2023
    Hajmi424,75 Kb.
    #112507
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   117
    Bog'liq
    Marketing tadqiqotlari-fayllar.org

    Nazorat uchun savollar. 

    1.
    Tovar raqobatbardoshligi tushunchasini izohlang.


    2.
    Tovar raqobatbardoshligining qanday ko'rsatkichlari bor?
    3.
    Tovarning sifati deganda nimani tushunasiz?
    4.
    Tovar raqobatbardoshligini tahlil qilish nima uchun kerak?
    5.
    Raqobatbardoshlikni baholash qaysi bosqichlarni o'z ichiga oladi?
    6.
    Tovar raqobatbardoshligini o'lchashning qanday uslublari bilasiz?
    Mavzu №12. Iste`molchilarni o„rganish. 

    1. Iste`molchilarning hatti-harakati tamoyillari. 
    2. Iste`molchilar xulq-atvori modellari. 
    3. Ehtiyoj tushunchasi. Shaxsiy ehtiyojlar tizimi va ierarxiyasi. 
    1. Iste`molchilarning hatti-harakati tamoyillari. 
    Bozorda tovar va xizmatlarni sotib olayotgan har bir iste`molchi bir-biridan o„zining hatti-
    harakatlari turlicha bo„lishi bilan farqlanadi. Bu holda marketologlar iste`molchilarning xulqi va
    hatti-harakatlariga bilvosita ta`sir qilishadi. Ular iste`molchilarning tovarlar tanlashda va xarid
    qilishda qanday qilib qaror qabul qilishlari, u yoki bu qarorga kelishlarida qanday bosqichlarni
    bosib o„tishlarini bilishlari kerak. Chunki iste`molchi doimo eng qulay va maqbul yo„lni tanlashga
    harakat qiladi. Iste`molchilarning xarid tanloviga ta`sir ko„rsatuvchi bir qator omillar bor, shuning
    uchun ularning hatti-harakatlari juda murakkab jarayon va uni tushunib olish oson kechmaydi. Bu
    muammoning echimini topgan firma raqobatchilaridan ustun bo„lishga erishadi, shu sababli
    firmaning boshqaruvi va marketing xizmati uchun muhim vazifalardan biri - iste`molchilarni
    o„rganishdir.
    Marketing tadqiqotlarida iste`molchilarni o„rganishdan maqsad - xaridorlar qanday qilib
    tovar tanlashlarini tahlil qilish, iste`molchilarga ishlab chiqaruvchilarning sotuv, narxlar va ishlab
    chiqarishdagi marketing usullari qanday ta`sir qilayotganligini o„rganishdan iborat.
    Iste`molchilarni o„rganishda quyidagilar tadqiq qilinadi:
    - iste`molchilar tarkibini tadqiq qilish;
    - iste`molchilar xulqi va hatti-harakatlarini tadqiq qilish;
    - xarid sabablarini aniqlash;
    - savdo-sotiqni boshqarib turish;
    - segmentlash.
    Yuqoridagilarni tadqiq qilishdan avval iste`mol bozoriga ta`rif beramiz.
    Iste`mol bozori – uy xo„jaliklari va individual xaridorlarning o„z ehtiyojlari uchun sotib
    oladigan barcha tovarlar va xizmatlarni o„z ichiga oladi. Iste`mol bozori ko„lamini o„rganishda uni



    81
    bir qancha belgilariga ko„ra turkumlash mumkin. Xususan, tovarlarni iste`mol qilish davriyligiga


    ko„ra ularni:

    uzoq muddatli iste`mol tovarlari;

    qisqa muddatli iste`mol tovarlari;

    xizmat turlariga ajratish mumkin.
    Iste`mol tovarlari bilan savdo qilish xususiyatiga ko„ra esa ularni:

    kundalik iste`mol tovarlari;

    dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar;

    alohida talabga ega bo„lgan tovarlar;

    passiv talabdagi tovarlarga bo„lish mumkin.
    12.1.- jadval 
    Iste`mol tovarlari turkumi
    Kundalik iste`mol tovarlari:
    a) doimiy talabdagi asosiy
    tovarlar
    b) impul‟siv tarzda sotib
    olinadigan tovarlar
    v) favqulodda holatlar uchun
    tovarlar
    Dastlabki tanlov asosida
    olinadigan tovarlar:
    a) o„xshash tovarlar
    b) alohida ko„rinishdagi
    tovarlar
    Alohida
    talabdagi
    tovarlar
    Passiv
    talabdagi
    tovarlar
    Ushbu turkumlash belgisi va tegishli guruhlariga kiruvchi tovarlar xususida batafsilroq
    to„xtalib o„tamiz.
    Ko„pgina hollarda kundalik iste`mol tovarlari guruhiga faqat oziq-ovqat mahsulotlarini
    kiritish, bizning mamlakatimizaholisi uchun ko„nikma bo„lib qolgan. Chunki, dastlabki ma`muriy
    iqtisodiyot tizimidagi keng ko„lamdagi ixtisoslashuv bevosita sanoat iste`mol bozorida ham
    takrorlanar edi. Hozirgi vaqtda esa ko„pgina firmalar va savdo shaxobchalari xorijiy tajriba va
    savdo qilishdagi maxalliy ko„nikmani nazarda tutib, kundalik iste`mol tovarlarni bir muncha to„gri
    shakllantirishga yondoshmoqdalar.
    Kundalik iste`mol tovarlariga kundalik turmush uchun zaruriy oziq-ovqatlar, kir yuvish,
    tozalash vositalari, uy xo„jaligi uchun zaruriy mayda tovarlar, ayrim kantselyariya tovarlari,
    kundalik ruznomalar, ommabop oynomalar va xokazolarni kiritish mumkin.
    Kundalik iste`mol tovarlarini iste`mol qilish intensivligiga ko„ra ularni o„z navbatida yana 3
    ta quyi guruhga ajratish mumkin:
    a) doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar;
    b) impul‟siv tarzda sotib olinadigan tovarlar;
    v) favqulodda holatlar uchun xarid qilinadigan tovarlar.
    Doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar-xaridorlar tomonidan dastlabki ko„nikmaga, odatga
    ko„ra tanlovsiz, qiyoslashsiz sotib olinadi. Masalan, oila uchun ko„nikmadagi non mahsuloti turi,
    xo„jalik sovuni, o„simlik yog‟i va hk. Impul‟siv tarzda sotib olinadjigan tovarlar guruhiga esa
    xaridor doim ular xaqida o„ylamaydigan, lekin uchrashi bilan beixtiyor xarid etadigan tovarlar
    kiradi. Masalan, saqichlar, shokolad batonlari, televizion ko„rsatuvlar dasturi bo„lgan oynoma,
    ro„znoma va shu kabilar. Favqulodda holatlar uchun xarid odatda retseptsiz sotiladigan dori-
    darmonlar, uy xasharotlariga qarshi dorilar, zontlar, tuzatish tovarlari va shunga o„xshash xaridor
    duch kelgan sharoitdagina zarur bo„lgan tovarlardan tashkil topadi. Dastlabki tanlov asosida
    olinadigan tovarlar safiga: mebellar, kiyim-kechaklar, uy-ro„zg‟or uchun elektr jihozlari kiradi va u
    xaridorlardan qiyoslashni, narx, moda, dizayn jihatdan tanlovda bir muncha mulohaza yuritishni
    talab etadi. Ushbu tovarlar o„xshash (sifat jihatidan bir biriga yaqin, lekin dizayni va narxi jihatidan
    farqlanadigan) hamda aloxida ko„rinishdagi (rangi, fasoni, nav jihatidan) xarid didi va holatiga mos
    bo„lgan tovarlarga bo„linadi.



    82
    Alohida talabdagi tovarlar- xaridor uchun o„ta qadrli sanalayotgan, o„ta nufuzli, mashhur


    firmalar tovari bo„lib, ular uchun xaridor tayinli vaqt va harakatlarini ayamaydi.
    Passiv talabdagi tovarlar- xaridorlarga notanish yoki ular xususida juda kam o„ylaydigan
    tovarlardan tarkib topadi. Masalan, yaqin 15 yil ichida mamlakatimiz aholisi uchun mikroto„lqinli
    pechlar, idish yuvish mashinalari notanish edi. Ushbu tovarlarning reklamasi, sotuvda ko„p
    tarqalishi natijasida u keng xaridorlar ommasiga etib bordi. Bundan tashqari, dafn marosimi uchun
    anjomlar, hayot sug‟urtasi kabi passiv talabdagi tovarlar ham aynan shu guruhga kiradi.
    F.Kotler iste`mol tovarlari turkumini ushbu yuqorida qayd etilgan 4 katta guruhga bo„lib
    o„rganishni va ular bilan savdo qilishda sezilarli natijalar berishini asoslaydi.
    Iste`mol tovarlarini xarid etish intensivligi barcha turdagi savdo shaxobchalarida turlicha
    bo„ladi. Masalan, Germaniyada asosiy iste`mol mollari bilan savdo qiluvchi savdo korxonalarining
    12 turini keltirish mumkin. Bular safiga supermarketlardan tortib, «hayotiy vosita mollari»
    turkumidagi kichik do„konlar ham kiradi. Ixtisosolashgan «Aldi», «Lidl», «Karshtat» turkumidagi
    savdo korxonalarida o„ziga xos bo„lgan tovar assortimenti shakllangan va bu xaridorlarning
    xaridida ham o„z aksini topadi. Meva va sabzavotlar, uy xo„jaligi uchun mayda tovarlarni yanada
    tor ixtisoslashgan, o„ta sifatli tovarlar savdo qiluvchi do„konlardan xarid qilish mumkin. Boshqa
    bir qancha Evropa ittifoqi davlatlarida, AqSH va yangi SHarq mamlakatlarida ham iste`mol
    mollari savdosi shunday tashkil etilgan.

    Download 424,75 Kb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   117




    Download 424,75 Kb.