Tovar raqobatbardoshligini baholash tadbirlari o'z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi: 1. Bozorning tahlili va eng yaxshi raqobatbardosh tovar-namunani tanlash;
2. Tovarlarni qiyoslash o'lchamlarini aniqlash;
3. Raqobatbardoshlikning integral ko'rsatkichini hisoblash.
Har qanday tovar bozorga chiqishi bilanoq o'z raqobat qobiliyatini yo'qota boshlaydi, bu
jarayonni sekinlashtirish mumkin. Firma iqtisodiy foyda kamayishi va oldingi tovar raqobat
qobiliyatini to'la yo'qotish paytigacha bozorga yangi tovar bilan chiqish imkoniyati bo'ladi. Shu
sababli tovar raqobatbardoshligini o'rganish jarayoni uzluksizligini ta`minlash zarur. Tadqiqot
natijalariga ko'ra o'z vaqtida muvofiq qarorlar: tovarlarni zamonaviylashtirish, boshqa bozorga
o'tkazish, narxni o'zgartirish, ishlab chiqarishdan olib tashlash kabilarni qabul qilish kerak. Qabul
qilinadigan qarorlarning to'g'riligi taqqoslash bazasiga bog'liq. Bularga:
Iste`molchilar ehtiyoji
Foydalilik darajasi
Raqobatchi-tovar
O'xshash tovarlar guruhi
Iste`molchilar ehtiyoji taqqoslash asosi sifatida olinganda, iste`molchi aynan shu tovarni
sotib olayotganda qanday ehtiyojlarini qondirish niyatida bo'layotgani haqida axborot yig'iladi.
Bunga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur, chunki iste`molchi xulqi o'zgaruvchan bo'ladi.
Foydalilik darajasi taqqoslash asosi sifatida olinganda, iste`molchi ushbu tovardan olishni
mo'ljallagan naf, foyda iste`molchilardan bevosita so'rash orqali bilib olinadi.
Agar raqobatchi-tovar bo'yicha taqqoslash olib borilayotgan bo'lsa, unda bu tovarning
barcha xossalari bilan taqqoslanayotgan tovar xossalari o'lchanib baholanadi.
O'xshash tovarlar guruhi asos sifatida olinganda, bir nechta namuna tovarlar bilan firma
tovari taqqoslanadi. Bunda raqobatchi tovarlarning eng yaxshi tomonlarini bir tovarda
mujassamlashtirishda ko'maklashadi.
Tovar raqobatbardoshligini baholashda tovar-namuna va tahlil qilinayotgan tovarning
o'lchamlari
taqqoslanadi.
Taqqoslashda
iste`molchi
e`tibor
beradigan
texnik-iqtisodiy
ko'rsatkichlar inobatga olinadi. Tovarning texnik ko'rsatkichlari tovarni ishlatish bilan bog'liq
bo'lgan o'lchamlar hisoblanadi. Masalan, elektr soqol olgich raqobatbardoshligi tahlil
qilinayotganda yuqori talabga erishgan o'xshash tovar tanlanadi va kattaligi, quvvati, ishlatish vaqti
78
kabi bir qator o'lchab bo'ladigan ko'rsatkichlari bo'yicha taqqoslanadi. Bu ko'rsatkichlarni foizda
ifodalash orqali parametrik indekslar olinadi.
Keyinchalik tovar raqobatbardoshligi iqtisodiy ko'rsatkichlar bo'yicha olib boriladi. Bunda
iste`mol qiymati tarkibiga kiradigan o'lchamlarning arifmetik yig'indisi topiladi va foizlarda
hisoblanadi.
Umumiy raqobatbardoshlik ko'rsatkichi texnik va iqtisodiy ko'rsatkichlarni qo'shish orqali topiladi.