77
faoliyatining samaradorligi jihatidan farqlarini ifodalaydi. Firmaning raqobatbardoshligi uning
bozor raqobatlari sharoitlariga moslashish imkoniyatlarini va dinamikasini tavsiflaydi.
SHu bilan
birga bozor sig'imi,
bozorga chiqishning osonligi, ishlab
chiqariladigan tovarning turi,
bozorning
bir xilligi, mazkur bozorda ishlayotgan korxonalarning
raqobatli vaziyatlari,
tarmoqda texnik
yangiliklarni kiritish imkoniyati kabè ko'rsatkichlarga bog'liq bo'ladi.
3. Tovarning raqobatbardoshligi tahlili.
Tovarning raqobatbardoshligini baholash raqib tovarlarini bir biri bilan taqqoslash orqali
amalga oshiriladi. Bunda quyidagi ko'rsatkichlardan foydalaniladi:
Texnik darajasiga ko'ra - tovardan foydalanish sifati va yangilik darajasi taqqoslanadi.
Sifat ko'rsatkichlariga asosan - tovarning tashqi ko'rinishi, qadoqlanishi, dizaynerlik ishlab
chiqilishi.
Tovarning narxi - raqobatchi tovarlarning narxi bilan solishtiriladi.
Tovarlarni sotish shartlari - tashlamalar tizimi, tovarlarni yetkazish muddati, servis xizmati
taqqoslanadi.
Marketing tadqiqotlarining asosiy vazifalaridan biri - bu raqobatbardoshlik
darajasini baholash
hamda shu orqali uni tahlil qilish va raqobatli bozor sharoitida muvaffaqiyatli
ish faoliyati
siyosatini olib borishni ta`minlashdir.