73
Iste`molchilarning xususiyatlari
Tovarning xossalariga uning iqtisodiy va iste`mol tavsiflari kiradi.
Raqobatchi-tovarlar xossalarini bozor belgilab beradi va ularga eng xaridorgir o'xshash tovarlar
kiradi.
Iste`molchilarning xususiyatlariga aynan shu tovarni sotib oluvchi iste`molchilarìèìã
tavsiflari kiradi, ya`ni
ularning daromadlari, talabning hayot davri bosqichi,
shu segmentga xos
bo'lgan holatlar va h.zo.
2.
Tovar raqobatbardoshligini baholovchi ko'rsatkichlar tizimi.
Tovar raqobatbardoshligi tushunchasi quyidagi guruhlarga birlashtirilgan ko'rsatkichlar
tizimi orqali ochib berilishi mumkin:
texnik;
iqtisodiy;
ijtimoiy-tashkiliy.
Texnik ko'rsatkichlar (asosan tovarning sifatini tavsiflaydi) eng qat`iydir, chunki ularga
qarab tovarning mo'ljallanganligi, mahsulotning muayyan turi (sinfi)ga tegishli ekanligi haqida fikr
yuritish mumkin. Bu ko'rsatkichlar, shuningdek, texnik-konstruktorlik qarorlarida aks ettiriladi. Bu
erga texnik ko'rsatkichlarning o'zgarish chegaralarini belgilaydigan andozalar, me`yorlar, qoidalar,
qonuniy aktlar kiritiladi.
Shuningdek, tovarning inson organizmi va uning psixikasiga qanchalik
to'g'ri kelishi, aks ettiruvchi ergonomik ko'rsatkichlar ham kiradi (ishlashning qulayligi, charchash
tezligi, insonning mashina bilan mosligi darajasi).
Tovarga baho berishda uning sifati asosiy o'rinda turadi.
Sifat - bu tovarning barcha
xossalari yig'indisi bo'lib, uning vazifasi, o'ziga xosligi, foydaliligi va
ehtiyojni qondirishi kabi
xususiyatlarini tavsiflaydi. Tovarning sifati o'zgaruvchan va u xom-ashyoning sifati, fan-
texnikaning
rivojlanish darajasi, qo'llanilayotgan texnologiyaning yangiligi,
mehnatning tashkil
etilganligi, ishchi-mutaxassislarning malakasi, vaqt omiliga bog'liq bo'ladi.
Bu tushuncha quyidagilarni o'z ichiga oladi:
texnik- iqtisodiy tavsiflar;
tayyorlash texnologiyasi;
ishonchlilik va uzoq vaqt davomida ishlatilishi;
mo'ljallanadigan maqsadga mos kelishi;
ekologik xususiyatlari (atrof-muhitni himoya qilish talablariga mos kelishi);
ergonomik xususiyatlari (inson organizmining tuzilishi va xususiyatlarini hisobga olish);
estetik xususiyatlari (tashqi shakli va ko'rinishi, jozibaligi, ifodalanishi).
Tovarning ko'zda tutilayottan xususiyatlarining tahlilini tizimli ravishda amalga oshirish zarur.
11.1.-chizma