• Qisqacha xulosalar.
  • Marketing tadqiqotlari




    Download 424,75 Kb.
    bet71/117
    Sana06.12.2023
    Hajmi424,75 Kb.
    #112507
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   117
    Bog'liq
    Marketing tadqiqotlari-fayllar.org

    Yulduz 
    ?

    Yovvoyi mushuk
    !
    Sog‟in
    sigir

    Х
    It

    Mablag‟ oqimi
    O‟sish 
    sur‟ati 
    Yuqor
    i
    P
    as
    t
    Bozor hissasi 
    Yuqori
    Past



    71
    Masalan, "Procter & Gamble" kompaniyasi o'zining ko'pgina mahsulotlarini shu qolip asosida


    baholab quyidagicha ish tutdi: "Lilt" - soch mahsulotlari bo'linmasini sotib yubordi, "Voyd Klaud"
    kog'oz bo'linmasini yopdi va "Puritan" yog' ishlab chiqaradigan bo'linmani "Krisko" oziq-ovqat
    liniyasiga qo'shdi.
    Tovarlarini BKG qolipida joylashtirgach, korxona bozor qatnashchilaridan marketing
    tadqiqotlari uslublarini qo'llash orqali tovarlarning hayot davrini uzaytirish uchun qanday ishlar
    olib borishi haqidagi ma`lumotlarni yig'ib, ularni qayta ishlab, tegishli xulosalar qilishi mumkin.
    Qisqacha xulosalar. 

    Tovar ehtiyojlarni qondirish uchun yaratilgan va e`tiborni jalb qilish, sotib olish,


    foydalanish yoêè iste`mol qilish maqsadida bozorda taklif etiladigan mahsulotdir. Tovar
    assortimenti - bu ikkita asosiy ko'rsatkich: kenglik va chuqurlik bilan tavsiflanishi mumkin bo'lgan
    korxonaning tovar mahsuloti yig'indisidir.
    Marka - bu sotuvchining mahsulotlari va xizmatlarini anglatuvchi va raqobatchilardan farq
    qiluvchi nom, termin, belgi, dizayn va ularning kombinatsiyasidir.
    Marketing tadqiqotlarida tovarni tadqiq etish quyidagi yo'nalishlarda olib boriladi:

    Yangi tovarlar ishlab chiqish buyicha izlanishlar olib borish

    Savdo markasi obro'yini tadqiq qilis

    Tovarlarni testdan o'tkazish

    Tovar o'ramasini tadqiq etish

    Tovarning hayot davrini tahlil qilish

    Tovarlardan foydalanish sohalari tadqiqotlari.
    Bunda asosan marketing tadqiqotlarining so'rov, kuzatuv, eksperiment uslublari keng qo'llaniladi.
    Marketing faoliyatida yangi tovarlarni ishlab chiqish - bu bozorda muvaffaqiyatga
    erishishning muhèí masalalaridan biri. Yangi tovarni ishlab chiqarish jarayoni quyidagi to'rt
    bosqichni o'z ichiga oladi:
    1) yangi tovar (xizmat)lar g'oyalarini izlash va tanlash;
    2) yangi tovar kontseptsiyasini aniqlash;
    3) tovarni ishlab chiqarish;
    4) yangi tovarni bozorga chiqarish.
    Tovarning hayot davri (THD) kontseptsiyasi birinchi bor amerika marketologi T. Levitt
    tomonidan 1965 -yilda ta`riflangan edi.
    Ushbu nazariyaning mohiyati shundan iboratki, tovar o'ziga xos tirik organizm va unga xos bo'lgan
    muayyan ketma-ketlikdagi rivojlanish bosqichlarini tovarning hayotiy davri egri chizig'ida aks
    ettirish mumkin.
    Bular: ishlab chiqish bosqichi, bozorga chiqish bosqichi (bolalik), o'sish bosqichi (yoshlik),
    etuklik và to'yinish bosqichi (balog'at), chiqish bosqichi (qarilik).
    Tovarning hayot davrini tadqiq qilishda "Boston Konsalting Group" qolipidan ham
    foydalanish mumkin. BKG qolipiga asoslanib, korxona o'z tovarlarining bozor xissasi va
    bozordagi o'sish sur`atlari (sotish hajmlari) ni taqqoslash imkoniyatigà ega.

    Download 424,75 Kb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   117




    Download 424,75 Kb.