• Orama dizayn qilingandan keyin quyidagi testlardan otishi kerak
  • 3. Tovarning hayot davri tahlili.
  • Qadoqlash dizaynida quyidagi omillarni hisobga olish kerak




    Download 424,75 Kb.
    bet68/117
    Sana06.12.2023
    Hajmi424,75 Kb.
    #112507
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   117
    Bog'liq
    Marketing tadqiqotlari-fayllar.org

    Qadoqlash dizaynida quyidagi omillarni hisobga olish kerak: 
    1.
    Ekologiya va toza tabiiy resurslar masalalari - o'ramalar qayta ishlanadigan bo'lishi kerak.
    Masalan, "Pantaloniya" firmasi qayta ishlangan plastik butilkalardan poliestr olib undan
    kostyumlar ishlab chiqarishda foydalanmoqda.
    2.
    Xarajat omili - o'rtacha har bir mahsulot uchun sarflangan 1 dollar ichida 0.10 dollar
    upakovka uchun to'lanadi. Ba`zi mahsulotlarda bu ko'rsatkich yuqoridir. Masalan, kosmetik
    mahsulotlar narxining 40%i qadoqlanish xarajatlariga ketadi. "Pringls" chipslari o'ramasi oddiy
    o'ramaga nisbatan 2 marta ko'p mablag' sarflanadi. Asosiy masala: qimmatbaho qadoqlanish
    xarajatlarni qoplash darajasida sotuv hajmini oshira olishi kerak
    3.
    Davlat qonunlari - qadoqlanishga nisbatan har bir davlatning o'z talablari mavjud. Masalan,
    mahsulotning kaloriyasi va tarkibi haqqoniy aks ettirilishi kerak. Shuningdek, bolalar uchun
    xavfsiz bo'lishi lozim. Masalan, "Taylenol" dori mahsulotlari 1980 yilda bir necha kishilar xayotiga
    zomin bo'lgan.
    O'rama dizayn qilingandan keyin quyidagi testlardan o'tishi kerak: 
    1.
    Muhandislik testi - tabiiy sharoitlar o'zgarishining upakovkaga ta`siri o'rganiladi.
    2.
    Vizual test - matn va rangning mosligi tekshiriladi.
    3.
    Dilerlik testi - vositachilar uchun tanishishning qulayligi tekshiriladi.
    4.
    Iste`molchi testi - iste`molchilarga yoqish-yoqmasligi taxlil etiladi.
    O'ramani tadqiq qilish tovar tadqiqotlariga kiradi va uning asosiy vazifasi bozor qatnashchilari,
    asosan iste`molchilar tomonidan o'rama qanday qabul qilinayotganligi haqida ma`lumot yig'ish,
    qayta ishlaø hamda o'rama dizaynida foydalanishdan iborat.
    3. Tovarning hayot davri tahlili. 
    Bozorga kirib qolgan tovar o'ziga xos tovar hayoti bilan yashaydi. U marketingda tovarning
    hayotiy davri (THD) deyiladi. THD kontseptsiyasi har qanday mahsulot, qanchalik ajoyib iste`mol
    xususiyatlariga ega bo'lmasin, ertami, kechmi mukammalroq tovar tomonidan bozordan siqib
    chiqarilishiga asoslanadi. Amaliy faoliyatda THDning diapazoni ancha keng - bir kunlik tovardan
    uzoq yashovchi tovargacha. Lekin abadiy tovar yo'q va bo'lishi mumkin emas. Chunki ertami-
    kechmi tovar sotilishidan olinadigan foyda talabning kamayib ketishi tufayli shunchalik tushib
    ketadiki, keyingi sotish daromadsiz bo'lib qoladi. THD kontseptsiyasi birinchi bor amerika
    marketologi T. Levitt tomonidan 1965 -yilda ta`riflangan edi.
    Ushbu nazariyaning mohiyati shundan iboratki, tovar o'ziga xos tirik organizm va unga xos
    bo'lgan muayyan ketma-ketlikdagi rivojlanish bosqichlari: rivojlanish - tug'ilish - etuklik - qarilik -
    o'lim bilan tasvirlanadi. SHunga o'xshash holda tovarning hayotiy davri egri chizig'ida quyidagi
    bosqichlar farqlanadi: ishlab chiqish bosqichi (tovarning o'zi hali yo'q, shuning uchun grafikda bu
    bosqich tartib raqamiga ega emas), bozorga chiqish bosqichi (bolalik), o'sish bosqichi (yoshlik),
    etuklik va to'yinish bosqichi (balog'at), chiqish bosqichi (qarilik)



    68
    Ba`zan etuklik va to'yinish bosqichini ikki bosqichga ajratadilar: etuklik (sotish egri chizig'i


    hali yuqoriga qarab ko'tarilyapti) va to'yinish (sotish egri chizig'i pastga tusha boshladi). Har bir
    bosqich korxona tomonidan bozordagi faoliyatning tegishli strategiya va taktikasini ishlab
    chiqishni talab qiladi.
    Shunday qilib, THD bosqichiga bog'liq holda korxonaning foyda hajmi, ishlab chiqarish va
    marketing xarajatlari, shu bilan birga raqobat darajasi va tovarning narxi, xaridorlarning xatti-
    harakati va chiqarilayotgan tovarlarning differentsiatsiyasi boshqacha bo'ladi. THDning
    bosqichlarini mukammalroq ko'rib chiqamiz.

    Download 424,75 Kb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   117




    Download 424,75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qadoqlash dizaynida quyidagi omillarni hisobga olish kerak

    Download 424,75 Kb.