65
1. Mahsulotda ajralib turuvchi va eng ustun xususiyatlarning yo'qligi. Bozordagi chiqarilgan
yangè mahsulotlarni o'rgangan tadqiqotlarda muvaffaqiyatsizlikning asosiy sababi - ularda boshqa
mahsulotlardan ajralib turuvchi xususiyatlarning bo'lmasligi yoki mavjud xususiyatlarning yorqin
emasligi aniqlangan. Masalan, firmalar o'zlari
innovatsion deb hisoblagan, ammo bozor uchun
uncha yanãè bo'lmagan mahsulotlarning sotilishi juda sust ekanligi aniqlangan.
Bunday puxta
o'ylanmagan mahsulotlar dunyoga kelishda, albatta, marketing tadqiqotlaridagi jiddiy xatolar sabab
bo'ladi. Marketing mutaxassislari va injenerlar ko'p hollarda iste`molchilarning haqiqiy
ehtiyojlarini o'rganmasdan yangi mahsulotni o'zlari xohlagan shaklda
va tuzilishda bozorga
chiqaradilar, bu esa firmalar faoliyatida og'ir oqibatlar olib keladi.
Dunyo miqyosidagi eng katta o'nta innovatsion muvaffaqiyatsizlik
10.3.-jadval
"Ford " ning "Edsel"
avtomobili.
Bu marka yangiliklariga boy bo'lsada, defektlari juda
ko'p edi. Har bir mashinadan 1117 dollar zarar
ko'rilgan umumiy hisobda 250 mln $ zarar.
"Dyupon"ning "Korfam" sun`iy charmi.
Sintetik charm, neylon gazlamalar o'rtasida shuhrat
qozonganidek, u charmning o'rnini egallashi kerak edi.
Zarar: 80-100 mln $
"Polaroid" ning "Polavijin" kino
kamerasi.
Polaroidning suyuk ximiya texnologiyasi kino kamera
ishlab chiqarishda qo'llanilgan. Ammo, video kasseta
texnologiyasi yaxshiroq edi.
"Yunaytet Artist"ning "Osmon eshiklari"
filmi.
Byudjetdan tashqari 30 mln $ sarflangan filmning
muvaffaqiyatsizligi studiyani bankrotlikka olib kelgan.
"RSA"ning video diski
Videomagnitofonlar bozorini egallashi zarur edi.
Kichik nosozlik, TV shoularini va dasturlarini yozib
ololmaydi. Zarar: $500 mln
"Tayms" kompaniyasining TV-xaftalik
kabel' dasturi pragrammasi
"TV Tayd"ga raqobat sifatida chiqqan har bir kabel'
televideniyasi uchun dastur tuzish qimmatga tushgan.
Zarar: $ 47 mln
"Ay Bi EM "ning "RSJ" kompyuteri
Noqulay kiybord, sekin mikroprotsessor Zarar: $ 40
mln
Yangi Coke
"Koka-kola" "Pepsi"ning shirin formulasiga javob
sifatida chiqargan. Ýski ta`m shinavandalarining
umummilliy qarshiligiga uchragan.
"R.J. Renolds"ning "Prem'er" sigaretasi
Sigareta yonmagan, tutun ham chiqarmagan, ta`mi
yomon bo'lgan. Kompaniya bu muvaffaqiyatsizlik
sababli sotuvga qo'yilgan
"Nutrasvit"ning "Sipmlesse" sun'iy yog`
qo'shilmasi
Bu yog' o'rinbosari butun ovqatlanish madaniyatini
o'zgartirib yuborishi kerak edi. Ammo bozor yog'ning
o'rinbosarlari bilan to'la va ko'p iste`molchilar
hayvonlar yog'ini yoqtiradi.