• Tovar oramasi tadqiqotlari.
  • Mahsulot qadoqlanishi uch darajada bolishi mumkin
  • Orama quyidagi vazifalarni amalga oshiradi
  • Marketing tadqiqotlari




    Download 424,75 Kb.
    bet67/117
    Sana06.12.2023
    Hajmi424,75 Kb.
    #112507
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   117
    Bog'liq
    Marketing tadqiqotlari-fayllar.org

    9. Davlat siyosati. Ba`zi vaqtlar hukumat qarorlari yangi mahsulot sotilishiga to'sqinlik ham
    qilinishi mumkin. Masalan, dori-darmon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o'z mahsulotlarini
    xavfsiz ekanligini davlatning maxsus organlari orqali tasdiqlatishlari majburiydir.
    Tovar o'ramasi tadqiqotlari. 
    Tovar o'ramasi, agar mahsulotni saqlash va o'z iste`molchisiga yetkazish buni talab qilmasa,
    uning asosiy xususiyatlaridan hisoblanmaydi. Bunday mahsulotlarga kartoshka, karam,
    sabzavotlar, qazilma boyliklarni misol keltirishimiz mumkin. Lekin bunday mahsulotlar ro'yxati
    cheklangan. Ko'pgina mahsulotlarga qadoqlanishi juda muhim. Ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar
    o'rtasida raqobatchilik kuchli bir paytda mahsulotning qadoqlanishi faqatgina himoya vositasi
    emas, balki u mahsulotning prezentatsiyasi, iste`molchi bilan muloqot va raqobatchilardan ajralib
    turish vositasi hamdir. Tovar o'ramasining ikkita asosiy funktsiyasi mavjuddir:
    1) Iste`molchi va taqsimot kanalidagi vositachilarga manfaat keltirishi, ya`ni mahsulotni 
    sinish yoki buzilishdan himoya qilish, tashish va saqlash, yuklash uchun qulay bo'lishi va oson 
    qayta ishlanishi kerak. 
    2) Kommunikatsiyani osonlashtirishi - mahsulot xususiyatlari, tarkibi va foydalanish 
    ko'rsatmalari, upakovka rangi xamda formasi: hammasi iste`molchini mahsulotni sotib olishga 
    undashi kerak.
    Mahsulot qadoqlanishi uch darajada bo'lishi mumkin: 
    1.
    Iste`molchi o'ramasi (ichki) - ichida mahsulot saqlanadigan saqlash qobig'i, masalan, tish
    pastasi tyubigi.
    2.
    Tashqi o'rama - asosiy o'ramani o'z ichiga olgan himoya qobig'i, masalan, tyubik
    saqlanadigan quti.
    3.
    Transport o'ramasi - tashish uchun mo'ljallangan sig'imlar, ulgurji qutilar.
    Barcha turdagi qadoqlash usullari ijtimoiy ehtiyojlarni, iste`molchi o'ramasi esa estetik ehtiyojlarni
    qondiradi. O'rama quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
    Saqlovchi
     Axborot beruvchi
    Ekologik
     Ajratib ko'rsatuvchi
     Estetik.
    Bozorda turli davrlarda muvaffaqqiyatga erishgan qadoqlash usullariga misollarni ko'rib
    chiqish mumkindir:



    67


    "Vaytl" mineral suv ishlab chiqaruvchi firma plastik butilkalari formasini aylanadan to'rt
    burchakka aylantirdi. Reklama esa butilka yiqilib ketganda dumalab ketmasligini ustunlik
    sifatida baholadi.

    "Prokter & Gembl"ning "Pringls" kartoshka chipslari xaltacha o'rnida tsilindrik
    qadoqlanish usulida ishlab chiqariladi.

    Motor moyi ishlab chiqaradigan firmalar moyni almashtirishni osonlashtiradigan qulay
    qadoqlanishda ishlab chiqara boshlaganlar.
    Dekorativ va o'zgacha qadoqlash usullaridan foydalanish mahsulot qiymatini oshirib yuborishi và
    mavjud mahsulotni yangi mahsulotga aylantirishi mumkin. Masalan istalgan supermarketda 5 kg
    kartoshka $2 tursada, "Aydaxo" firmasi "12 tanlangan kartoshka" mahsulotini go'zal upakovkada
    $19 ga muvaffaqiyat bilan pullamoqda.

    Download 424,75 Kb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   117




    Download 424,75 Kb.