• Tijoratlashtirish.
  • Marketing tadqiqotlari




    Download 424,75 Kb.
    bet64/117
    Sana06.12.2023
    Hajmi424,75 Kb.
    #112507
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   117
    Bog'liq
    Marketing tadqiqotlari-fayllar.org

    ishlatilishi mumkin: 
    1.
    Test - bir nechta iste`molchiga mahsulot va reklama ko'rsatilib ularning fikri so'raladi.
    2.
    Komp'yuterda modellash - o'tmishda o'xshash mahsulotlarning sotilish ma`lumotlaridan
    foydalangan holda model tuziladi.
    3.
    Tanlama usul - ba`zi bir regionlarda sotuvga chiqariladi va asta-sekin butun mamlakatga
    tarqala boshlaydi.
    Sinov bozori sifatida bir nechta magazinlarni ham tanlab olish mumkin. Mahsulot
    sinaladigan joyni tanlashda tipik bozorlar, ya`ni xususiyatlari umumiy bozor bilan bir xil va
    o'xshash bo'lgan shaharlar tanlanadi.
    Tijoratlashtirish. Ko'p hollarda sinovlarga ruxsat etilgan mahsulotlarning qariyb 50%i
    tijoratlashtirish bosqichiga o'tkaziladi. BuzAllen va Gamilton singari tadqiqotchilar fikricha bitta
    muvaffaqiyatlè yangi mahsulotni dunyoga keltirish uchun 58ta yangi g'oyani qurbon etishga to'g'ri
    kelar ekan, chunki ko'p g'oyalar tijoratlashtirish bosqichiga etganda rad etilishi ehtimoli yuqoridir.
    Boshqa tadqiqotlar ko'rsatishicha, AQSH oziq-ovqat sanoatida yangi mahsulot loyihalarining
    faqatgina 8%i bozorga etib borar ekan, shunda ham ularning faqatgina 17%i muvaffaqiyatli
    ravishda sotilar ekan, bu esa 83% mahsulotlar bozorda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi degan
    ma`noni anglatadi. Umuman olganda esa, yangi g'oyalarning faqatgina 1%i bozorda
    muvaffaqiyatga erishishi ko'rinib turibdi. Mahsulotning sinov va baholash bosqichlari yuqori
    saviyada o'tkazilsa, tijoratlashtirish oson kechishi mumkin, ammo bu kompaniyaga qimmatga
    tushadi. Masalan, kichik upakovkali mahsulotlarni supermarket peshtaxtalariga keltirgancha
    AQSH kompaniyalari o'rtacha 5,1 mlrd dollar sarflar ekan. Bundan tashqari birinchi yilda reklama-
    promoshn xarajatlari 10 mlrdga etishi mumkin. Shuningdek, bunga yangi mahsulot uchun xizmat
    ko'rsatish tizimi, ehtiyot qismlar va sotuvchilarning malakasini oshirish bo'yicha xarajatlar ham
    qo'shiladi.

    Download 424,75 Kb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   117




    Download 424,75 Kb.