• Mavzu №11. Tovar raqobatbardoshligi tahlili. 1. Tovar raqobatbardoshligi tushunchasi. 2.
  • Tovar raqobatbardoshligi tushunchasi.
  • Tovarning raqobatbardoshligi deganda
  • Marketing tadqiqotlari




    Download 424,75 Kb.
    bet72/117
    Sana06.12.2023
    Hajmi424,75 Kb.
    #112507
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   117
    Bog'liq
    Marketing tadqiqotlari-fayllar.org

    Nazorat uchun savollar. 

    1. Tovar va uning xususiyatlari nimalardan iborat.


    2. Tovarlarni tavsiflashning asosiy belgilari qanday?
    3. Tovarning xayot davri qanday bosqichlardan iborat?
    4. Tovarning xayot davrini uzaytirishda marketing tadqiqotlaridan qanday foydalanish
    mumkin?
    5. Yangi tovarni yaratish jarayoni qanday bosqichlarni o'z ichiga oladi?
    6. Tovar sifatini aniqlashda qanday omillar hisobga olinishi kerak?



    72
    7. Agar yangi avtomobilni sotib olish imkoniyati bo'lganda siz olingan axborotlarga


    asoslangan holda qaysi avtomobilni tanlagan bo'lar edingiz? O'z tanlovingizni tushuntiring.
    8. Qadoqlash dizaynini ishlab chiqishda marketing tadqiqotlarining qanday ahamiyati bor?

    Mavzu №11. Tovar raqobatbardoshligi tahlili. 

    1. 
    Tovar raqobatbardoshligi tushunchasi. 
    2. 
    Tovar raqobatbardoshligini baholovchi ko'rsatkichlar tizimi. 
    3. 
    Tovarning raqobatbardoshligi tahlili.

    1. 
    Tovar raqobatbardoshligi tushunchasi. 

    Bozordagi raqobatning asosiy dastagi tovar bo'lib, u iste`molchining ehtiyojlarini qondirish


    vositasidir. Shuning uchun ham ishlab chiqaruvchining o'rni tovarining raqobatbardoshligi bilan
    belgilanadi. Marketing tadqiqotlarida tovarni o'rganish uning raqobatbardoshligini tahlil qilish
    bilan ham bog'liqdir.
    Tovarning raqobatbardoshligi deganda uning xaridor uchun jozibadorligi tushuniladi.
    Tovarning raqobatbardoshiligi bu tovarning o'ziga o'xshagan raqobatchi-tovarlar orasidan iste`mol
    xossalari va texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari bilan ajralib turishidir. Tovarning raqobatbardoshligi
    uning nisbiy va umumlashgan tavsifini o'z ichiga oladi. Ular ehtiyojlarni qondirish va ushbu
    qondirishga ketgan xarajatlar darajasiga qarab tovarning raqobatchi-tovardan ustunlik farqlarini
    ifodalaydi. Lekin bu farqlargina raqobatbardoshlikni belgilab bermaydi. Raqobatbardoshlikda
    aynan tovarning iste`molchi uchun jozibadorligi muhimdir. Xaridor ob`ektiv ravishda nohaq
    bo'lganda ham u yoki bu tovarni tanlash - uning qaroridir. Biznes sohasida bunga anchagina misol
    keltirish mumkin: ekspertlar tomonidan yuqori baholangan tovar negadir iste`molchilar tomonidan
    qabul qilinmaydi. Bunga kino olamidan yaqqol misol keltirish mumkin, masalan, turli festival va
    tanlovlarda g'olib chiqqan filmlar ko'p hollarda tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'lmaydi. Lekin
    sotuv hajmlari va tovar raqobatbardoshligi o'rtasida tenglik belgisini qo'yishga shoshilmaslik
    kerak:
    Birinchidan, mijozlarni qoniqtirmaydigan mahsulotlar tanlov cheklangan yoki tanqislik
    davrida yaxshè sotilishi mumkin. Bu holat bozorga yaxshiroq tovarlar chiqqunga qadar davom
    etadi.
    Ikkinchidan, raqobatbardosh tovarlar tor doiradagi iste`molchilarga mo'ljallangan bo'lishi
    mumkin. Ular yaxshi, ammo hamma uchun mo'ljallanmagan va shu sababli hech qachon ommaviy
    talabga ega bo'lmaydi. Masalan: invalidlarga mo'ljallangan avtomobillar.
    Tovar bozorda ijtimoiy ehtiyojlar darajasini qanoatlantirishi bo'yicha tekshirishdan o'tadi,
    chunki har bir xaridor uning ehtiyojini qondiruvchi tovarni xarid qiladi. Hayotimizda o'rtoqlarimiz
    yoki qarindoshlarimiz tomonidan nimanidir juda qulay narxda sotib olganliklarini so'zlab
    berishayotganlariga guvoh bo'lganmiz. Bunda to'langan puldan rozilik va hattoki, agar tovar
    qimmatroq bo'lsa xaridor baribir sotib olgan bo'lishini ta`kidlaydi. Bu nima degani? Gap shundaki,
    tovarning narxi uning iste`mol qiymatidan ancha past hamda shuning uchun ham xaridor katta
    qoniqish hosil qilyapti. Demak, tovar raqobatbardoshligi iste`molchi olgan bepul foyda, naf orqali
    baholanadi va 2 ko'rsatkichni birlashtiradi:
     Tovarning narxi
     Tovarning iste`mol qiymati
    Xulosa qilib aytganda, tovar raqobatbardoshligi - bu tovarning iste`molchining aniq bir ehtiyojini
    qondira oladigan hamda raqib tovarlaridan ajratib turuvchi xususiyatlari yig'indisidir.

    Download 424,75 Kb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   117




    Download 424,75 Kb.