Marketing tadqiqotlari




Download 424,75 Kb.
bet69/117
Sana06.12.2023
Hajmi424,75 Kb.
#112507
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   117
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari-fayllar.org

Tadqiqotlar va ishlanmalar bosqichi. Tovarning hayoti uning mahsulot sifatida tug'ilishdan
anchà oddin - g'oyalar, ishlanmalar ko'rinishida boshlanadi. Bu bosqichda marketing roli tovarni
yaratish jarayoniga g'oyadan boshlab uning mahsulotda namoyon bo'lishigacha hamroh bo'lishidan
iborat. Buning uchun marketing yordamida iste`molchi mazkur mahsulotga muhtojligi, potentsial
iste`molchilar kimlar, g'oyani amalga oshirishda qanday bozorni mo'ljallash mumkinligi
o'rganiladi. Agar javob ijobiy bo'lsa, g'oyani eskiz loyihasiga tadbiq etishga kirishadilar. Korxona
uchun tovarni yaratishning mazkur bosqichi - bu faqat xarajatlar va kelajaqda kutiladigan
daromadlardir. Marketing vazifasi potentsial iste`molchilarga yaratilgan tovarda mujassam
bo'ladigan yangi g'oya ularga qanday foyda keltirishini tushuntirishdan iborat.
Bozorga chiqish bosqichi. Bu erda sotishning asta-sekin o'sish jarayoni kuzatiladi, bunda
tovarni chiqarish xarajatlarining ko'pligi tufayli foyda hali hosil bo'lmaydi va tijorat faoliyati
zararli bo'ladi, faqatgina shu bosqichning oxiriga kelib foyda olish mumkin. Marketing maqsadi
bunda aniq - yangi tovar uchun bozorni yaratish (ayniqsa, agar bu printsipial yangi tovar va unga
bo'lgan ehtiyoj hali bozorda namoyon bo'lmagan bo'lsa). Bu bosqichda raqobatchilar umuman yo'q
yoki ular juda kam. Bu tovarning iste`molchilari deyarli faqat novatorlar, shuning uchun dastlab
reklama ularga mo'ljallangan bo'lishi kerak. Yangi mahsulotning modifikatsiyalariga zaruriyat
yo'q. Agar tovar va bozor segmenti obro'ga ega bo'lsa, narx juda yuqori bo'lishi mumkin. Asosiy
vazifa birlamchi talabni tez shakllantirish va potentsial xaridorlarni haqiqiy xaridorlarga
aylantirishdan iborat. Rag'batlantirish usullari qo'llanadi (bepul namunalar, ommaviy namoyish va
hokazo), reklama olib boriladi, taqsimlashning ishonchli kanallari shakllantiriladi va hokazo
O'sish bosqichi. Bu erdagi marketing qarorlari kengayib boruvchi talab sharoitida bozorni
qamrab olish darajasiga mo'ljallanadi. Bozorga keyingi kirib borish sifatni yaxshilash va tovar
assortimentini kengaytirish, sotishni intensivlash, buyurtmalar bajarilishining nazoratini
ko'chaytirish, ustun segmentlarni tanlash va hokazo bilan bog'liq. Amalda yangi tovarni takroran
xarid qilayotgan faol xaridorlarga ko'p sonli boshqa xaridorlar qo'shiladilar. Texnologiyani
takomillashtirish jarayonidà tovarning yuqori sifati barqaror bo'ladi. Narx yo yuqori bo'lib qoladi,
yo o'sib boradi. Bozordagi talab kuchayadi. Korxona ancha foyda olishga kirishadi, bu foyda o'sib
boradi va ushbu bosqichning oxiriga kelib maksimumga etadi. Korxona bu bosqichning ko'proq
davom etishidan manfaatdor, shuning uchun hamma harakatlarni sotish hajmining o'sishiga
qaratish kerak. Buning uchun qo'yidagilar zarur: tovar sifatini oshirish, bozorning yangi
segmentlarini o'zlashtirish, mazkur tovarni sotishning qamrab olinmagan kanallarini topish,
iste`molchini reklama qilinayotgan tovarlar xususiyatlarining afzalligi haqida ishontirishni davom
ettirib reklamaning faolligini oshirish.
Etuklik bosqichi. Tovar yirik partiyalarda, ishlangan texnologiyalar bo'yicha yaxshilangan
sifat bilan ishlab chiqariladi. O'sish bosqichidagiga qaraganda sekinroq, lekin uning maksimal
belgisigacha o'sish jarayoni ro'y beradi. Narx sohasida o'xshash tovarlar doirasidagi raqobat
keskinroq bo'ladi, raqobatchilarning noyob (original) ishlanmalari paydo bo'ladi. Raqobatbardosh
vaziyatni saqlab qolish uchun tovarning yaxshilangan variantlari talab etiladi, bu esa ko'p hollarda
katta mablag'larni jalb etadi. Bularning hammasi foydaning kamayishiga olib keladi. Talab
ommaviy bo'ladi. Reklama ishida ommaviy xaridorga urg'u berish va yangi tovar va yangi
foydalanuvchilar uchun qo'shimcha bozorlarni izlash lozimligi ro'y beradi. Korxona tez-tez xarid
qilishni rag'batlantirish tizimini ishlab chiqadi. Tovarning hayotini uzaytirish va sotish hamda



69
foydaning kamayishiga yo'l qo'ymaslik uchun marketing xizmati tovar, bozor va marketing


kompleksini modifikatsiyalash usullarini izlashi zarur.
Tovarning hayotiy davrini uzaytirishning klassik misoli sifatida neylonning sotilishini olish
mumkin. Vaqt o'tishi bilan uni qo'llashning yangi sohalari ochilib bordi: parashyutlar, chulki, ich
kiyim, ko'ylaklar, gilamlar. Shunga o'xshash misolni "Samarqandmarmar" korxonasi bo'yicha ham
keltirish mumkin. U bozorda o'zlashtirilmagan uyani topa oldi va ko'proq raqobatbardosh mahsulot
- marmar plitalar va yarimfabrikatlarni ishlab chiqishga o'tdi. Bu esa unga modifikatsiyalangan
tovari bilan yangi bozorlarni va tovarni ishlatishning yangi sohalarini muvaffaqiyatli egallashga
imkon berdi.
Chiqish bosqichi - sotishning tushib ketishi va foydaning keskin kamayishi tavsiflanadi.
Bunga raqobatchilarning muvaffaqiyatli faoliyati, texnologiyadagi o'zgarishlar, iste`molchilarning
bozor tovarlarini afzalroq ko'rishlari yordam beradi. Raqobatchilar mazkur tovarning bozoridan
chiqa boshlaydilar; qolgan ishlab chiqaruvchilar uning assortimentini qisqartirishga, o'zining bozor
makonini toraytirishga majbur bo'ladilar, ularning sotish kanallari kamaya boshlaydi. Marketing
dasturi qisqaradi, norentabel mahsulotning ishlab chiqarishdan olinishi ro'y beradi. Ba`zan
mahsulotni tiriltirish va uning hayotini davom ettirishga harakat qilib ko'rish mumkin. Ya`ni:
1. Faol reklama, o'ramni takomillashtirish, narxlarni o'zgartirish, sotish tizimini qaytadan tashkil
etish hisobiga.
2. Bu tovarlarga sodiq bo'lgan iste`molchilarga tayanish mumkin, tovarning qolganini ham sotish
va ishlab chiqish hamda sotish xarajatlarini keskin kamaytirib qolgan foydani oxirigacha "siqib
olish" mumkin.
3. Yangi bozorlarga kirish va ularni o'zlashtirish.
Agar bu choralar ijobiy natija bermayotgan bo'lsa -tovar ishlab chiqarishni to'xtatishga o'tish
variantè qoladi. Iste`molchilar va sotish kanallari tovarni ishlab chiqarishning to'xtatilish vaqti,
shuningdek, kafolat majburiyatlarga rioya etilishi, kafolatlar tugagandan keyin ta`mirlashni amalga
oshirish tartibi, ishlab chiqarishdan olingan mahsulotning belgilangan vaqt davomida yordamchi
qismlar bilan ta`minlanishi haqida oldindan ogohlantirilishi kerak. Bularning hammasi firmaga
bo'lgan ishonch yo'qolmasligining va iste`molchilar firmaning yangi tovarlarini ijobiy qabul
qilishlariga ko'maklashadi.
Marketing tadqiqotlarining asosiy vazifasi tovarning bozordagi hayotiy davrini, va ayniqsa, 
uchinchi bosqichining davomiyligini uzaytirishdir. Korxonaning istiqboldagi gullab-yashnashi u
ishlab chiqarayotgan har xil tovarlarning hayotiy davrlari bir-birining ustidan o'tgandagina
ta`minlanadi. Bu bozor bitta tovar bilan to'yinishigacha bozorga keyingi tovarni chiqarish
kerakligini bildiradi.
Firmalar egri chiziq jarayoniga innovatsiya orqali, mavqelashtirishni o'zgartirish, tovarning
iste`molchilar boshqa guruhi tomon harakat qilishiga yordam berish va uni modifikatsiyalash
orqali ancha darajada ta`sir etishi mumkin. Buning uchun doimiy ravishda marketing tadqiqotlari
olib borish kerak. Har bir bosqichda korxona o'ziga biror maqsadni qo'yishi mumkin:

bozorga chiqarish bosqichini qisqartirish;

o'sish jarayonini tezlashtirish;

etuklik bosqichini iloji boricha ko'proq davom ettirish.

chiqish bosqichini sekinlashtirish.

Download 424,75 Kb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   117




Download 424,75 Kb.