• BKG matritsasi
  • Tovarning hayot davrini belgilash va tadqiq qilish bir nechta bosqichlarni o'z ichiga




    Download 424,75 Kb.
    bet70/117
    Sana06.12.2023
    Hajmi424,75 Kb.
    #112507
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   117
    Bog'liq
    Marketing tadqiqotlari-fayllar.org

    Tovarning hayot davrini belgilash va tadqiq qilish bir nechta bosqichlarni o'z ichiga 
    oladi: 
    1. 
    Tahlil ob`ektini tanlash: tarmoq, tovarlar guruhi, tovar markasi. 
    Tarmoq - bir biri bilan raqobatlashuvchi o'xshash bo'lmagan tovarlar (masalan, gaz plitalari,
    muzlatkichlar yoki kir yuvish mashinalari). Ikkinchi tomondan tovarlarning shakllari va markalari
    o'rtasidagi ichki raqobat tarmoqni rivojlantirishda ahamiyatli. Shuning uchun alohida firma yoki
    marka tahlili aniqroq ma`lumot berishi mumkin.
    2. 
    Tovarning hayot davri bosqichlariga ta`sir qiluvchi omillar tahlili: 



    70
    a) talab omillari: istiqboldagi iste`molchilar soni, iste`molchilarning turli bozor omillariga


    munosabati (narx, sifat, tovar yetkazilishi h.zo);
    b) taklif omillari: bozor tuzilishi va raqobatchilarning soni, ularning investitsiyalari oqimi
    yo'nalishlari...);
    v) tashqi muhit omillari: fan va texnika taraqqiyoti, infrastruktura, qonunchilik)
    3. Narxning muhimligi. Tovar narxi va uning dinamikasi tovarning barcha xususiyatlarini o'zida
    aks ettiradi.
    Tovarning hayot davrini tadqiq qilishda "Boston Konsalting Group" qolipidan ham
    foydalanish mumkin. BKG qolipiga asoslanib, korxona o'z tovarlarining bozor xissasi va
    bozordagi o'sish sur`atlari (sotish hajmlari) ni taqqoslash imkoniyatiga ega.
    10.4.-chizma 
    BKG matritsasi 
    Aylanalar hajmi sotuv hajmini tavsiflaydi. Gorizontal o'q sanoatdagi eng yirik firmaga
    nisbatan bozor hissasini ko'rsatadi. Vertikal o'q esa sanoatning umumiy o'sish sur`atini ko'rsatadi.
    O'sish sur`atlari yuqori bo'lgan mahsulotlar ko'proq investitsiya talab qiladi. Bozor hissasi yuqori,
    ammo o'sish sur`ati past bo'lgan mahsulotlar "sog'in sigirlar" deb ataladi, chunki ular keltiradigan
    daromad o'ziga investitsiya qilinadiganidan ko'proqdir va yuzaga kelgan oshiqcha pul mablag'lari
    mablag' etishmaydigan tovarlarga investitsiya qilinadi. Qolipning o'ng pastki qismida bozor hissasi
    past va o'sish sur`atlari xam past bo'lgan "it" deb ataladigan mahsulotlar o'rin olgan. Masalan:
    "Lever Brozers"ning "Pepsodent" tish pastasi shunaqa mahsulotdir, uning keltiradigan daromadi
    juda past yoki qariyb yo'qdir. Qolipning yuqori o'ng qismida so'roq alomatli mahsulotlar
    joylashtirilgan, bozor hissasini kerakli darajada saqlab turish uchun ular o'zi keltiradigan
    mablag'dan xam ko'proq mablag' talab qiladi, bozorning o'sayotganligi xam yanada ko'proq
    investitsiyaga ehtiyojni yuzaga keltiradi. Bu vaziyatda mushkullik yuzaga keladi: bu tovar
    mahsuloti etarli daromadga erishgancha qancha investitsiya sarflash kerak va bundan zarar
    ko'rmaslik ehtimoli qancha? Shuning uchun bunday mahsulotlarni yovvoyi mushuklar (ba`zi
    adabiyotlarda "kaysar bolalar") deb ataydilar. Katta bozor hissasi va yuqori o'sish sur`atiga ega
    bo'lgan mahsulotlar "yulduz" deb ataladi. Ular katta daromad keltirsada, shunchalik xarajat xam
    bo'ladi. Ko'pincha mahsulotlar o'z hayot tsiklini "it" yoki "yovvoyi mushuk" sifatida boshlaydi va
    yulduzga aylanadi, keyinchalik "sog'in sigir" kabi daromad keltiradi va oxirida yana "it"ga aylanish
    ehtimoli bor.
    Korxona o'z tovarlarini BKG qolipida joylashtirish orqali marketing strategiyasi tanlovini
    engillashtiradi hamda kelajakda qanday harakat qilishi to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'ladi.

    Download 424,75 Kb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   117




    Download 424,75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tovarning hayot davrini belgilash va tadqiq qilish bir nechta bosqichlarni o'z ichiga

    Download 424,75 Kb.