Marketing tadqiqotlari




Download 424,75 Kb.
bet60/117
Sana06.12.2023
Hajmi424,75 Kb.
#112507
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   117
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari-fayllar.org

Qarorlar sohasi 
Qarorlarning hajmi 
1. Tovarning sifati
Tovarni qo'llashning har xil sohalari uchun texnikaviy shartlar:
materiallar, unumdorlik, quvvat, aniqlik, ishonchlilik va hokazolar.
Iste`molchilarning talabiga (maqsadli bozordagi) mos holda va sifat haqidagi
davlatning amaldagi nizomlariga rioya qiladigan ko'rsatkichlar (andozalar,
sertifikatlash)
2. Tovarning
shakli
Mahsulotning tashqi elementlarini shakllantirish
2.1. Dizayn va
rangi
Funktsional-texnikaviy, estetik, ijtimoiy-madaniy talablarga ko'ra, shu
jumladan, davlatning me`yorlari va qoidalariga ko'ra dizaynni ishlab chiqish,
e`tiborni jalb qiladigan va muayyan ratsional va yoki irratsional
(iste`molchilarning tegishli maqsadli bozordagi) tasavvurlarga to'g'ri
keladigan rangli bezagini ishlab chiqish
2.2. O'ram
Tashish va omborda saqlashda tovarni himoya qilish uchun tegishli
maqsadli bozorda iste`molchilar va sotish bo'yicha sheriklarning ehtiyojlariga
mos holda identifikatsiyalaø vositasi va axborotni tashuvchi sifatida bevosita
o'ramni ishlab chiqish
2.3. Markirovka
Iste`molchilar va savdo markalarini himoyalash bo'yicha qonunchilik
talablariga rioya qilgan holda marka nomini yoki himoya markasini tanlash;
ishlab chiqaruvchi firma và chiqaruvchi mamlakatni ko'rsatish, amaldagi
davlat nizomlariga mos holda mahsulot va uning tarkibiy qismlarini ko'rsatish
3. Servis
Tijorat va texnik servisning hajmi: ishlatish ko'rsatmalari, dastur
ta`minoti, vakolatlar bo'yicha iste`molchi talablariga qarab xizmat ko'rsatish
va ta`mirlash tizimi



62
Bozordagi mahsulotlarni uzluksiz yangilab turish zaruriyatining asosiy, global sabablari


sifatida ilmiy-texnika taraqqiyoti va u bilan bog'liq holda sifat darajasining barqaror o'sib borishi,
shuningdek, iste`molchilar ehtiyojlarining rivojlanishi namoyon bo'ladi.
Yangi tovarni ishlab chiqarish jarayoni quyidagi to'rt bosqichni o'z ichiga oladi:
1) yangi tovar (xizmat)lar g'oyalarini izlash va tanlash;
2) yangi tovar kontseptsiyasini aniqlash;
3) tovarni ishlab chiqarish;
4) yangi tovarni bozorga chiqarish. 

Download 424,75 Kb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   117




Download 424,75 Kb.