• 3. Obro-e`tiborli tovarlar
  •  Kundalik ehtiyoj tovarlari




    Download 424,75 Kb.
    bet56/117
    Sana06.12.2023
    Hajmi424,75 Kb.
    #112507
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   117
    Bog'liq
    Marketing tadqiqotlari-fayllar.org

    1. Kundalik ehtiyoj tovarlari - bu ko'p o'ylamasdan, o'zaro taqqoslashga harakat qilmasdan, tez-tez
    xarid qilinadigan tovarlar (gugurt, xo'jalik mayda-chuydalari, yozuv qurollari).
    2. Jiddiy tanlov tovarlari - bu sotib olish vaqtida sifati, narxi, tashqi ko'rinishi o'xshash tovarlar
    bilan solishtiriladigan tovarlar (kiyim, mebel', elektr tovarlari). Iste`molchi o'ziga kerakli
    tovarlarni topish uchun ma`lum kuch sarf qiladi.
    3. Obro'-e`tiborli tovarlar - haqiqatan ham faqat o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan yoki
    mashhuð ishlab chiqaruvchi firmaning nomi bilan bog'liq bo'lgan tovarlar.
    Markali mahsulot. Marka - bu sotuvchining mahsulotlari va xizmatlarini anglatuvchi va
    raqobatchilardan farq qiluvchi nom, termin, belgi, dizayn va ularning kombinatsiyasidir. Marka
    nomi - bu markaning harfli, sonli va so'zli o'qiladigan qismidir. Marka belgisi - belgi, dizayn va
    yozuv usulidir, ya`ni ko'rib o'qib bo'lmaydigan qismidir. Har bir mahsulot, shuningdek xizmatlar
    ham o'z markasiga ega bo'lishi mumkin. Ular mahsulotning qimmatini kuchaytiradi, uni o'xshash
    tovarlar ichidan ajratadi, iste`molchilar uchun foydaliligini ko'rsatadi, muvaffaqiyatli sotilishini
    ta`minlaydi va hokazo. Tovarga marka nomini berish real ustunliklarga ega bo'lish imkoniyatlari
    va ularga erishish xarajatlarini baholash bilan bog'liq. Bu shartlarning bajarilishini ta`minlovchi
    asosiy komponentlar quyidagilar:
    1. Tovarning doimiy sifati. Uning eng yuqori bo'lishi shart emas, lekin u etarli darajada yaxshi và
    asosiysi - ishlab chiqarilish va sotish joyi vaqtidan qat'i nazar barqaror bo'lishi kerak.
    2. Transportirovka, sotish va servis shartlari o'zgarmaganda tovarning doimiy narxi saqlab
    qolinishi.
    3. Tovarni hamma joyda (bozorning belgilangan segmentlari chegarasida) osongina va qo'shimcha
    talablarsiz sotib olish imkoniyati.
    4. Reklama yoki boshqa axborot asosida sotib olishga oldindan kelishish imkoniyati (pochta,
    telefon buyurtmasi va hokazo orqali xarid qilish).
    Markali tovar tovarlarning umumiy massasi orasida yaqqol ko'rinadi, iste`molchilar ongida
    u ijobiy tasavvurga ega. Uning belgisi - firma tovar belgisi. Marka siyosatini amalga oshirish
    marka nomini tanlash, markaning bozor kuchini aniqlash, va nihoyat, marka strategiyasini ishlab
    chiqish bilaì bog'liq. Yaxshi marka nomi mahsulotning qiymati va imidjini aks ettirishi kerak.

    Download 424,75 Kb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   117




    Download 424,75 Kb.