• Qisqa muddat
  • Marketing tadqiqotlari




    Download 424,75 Kb.
    bet55/117
    Sana06.12.2023
    Hajmi424,75 Kb.
    #112507
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   117
    Bog'liq
    Marketing tadqiqotlari-fayllar.org

    Tovar assortimenti - bu ikkita asosiy ko'rsatkich: kenglik va chuqurlik bilan tavsiflanishi
    mumkin bo'lgan korxonaning tovar mahsuloti yig'indisidir. Assortiment kengligi har xil tovarlar
    yoki ular guruhlarining soni bilan, chuqurligi esa - modifikatsiyalar, bitta guruh doirasida bu
    tovarlarning variantlari, ya`ni ehtiyojlarni qondirishning har xil darajalariga mo'ljallangan
    tovarlarning soni bilan aniqlanadi.
    Tovar assortimentining rivojlanishi korxona marketingining eng muhim funktsiyasi
    hisoblanadi. U ishlab chiqaruvchining an`anaviy yoki yashirin texnikaviy va moddiy
    imkoniyatlarini muayyan iste`mol qiymatiga ega bo'lgan, xaridorni qondiradigan va korxonaga
    foyda keltiradigan mahsulot va xizmatlarga tadbiq etishda namoyon bo'ladi.
    Bozordagi tovar taklifining xilma-xilligiga faqatgina assortimentni kengaytirish yo'li bilan
    erishilmaydi. Agar taklif etiladigan tovarlar to'plami sifati, assortimenti va narxlari bo'yicha bir-
    biriga yaqiì bo'lsa, birinchi o'ringa ularning servisi chiqadi. Servis eng ko'p yakkalangan va
    bozorga taklif etilgan tovarlarning raqobatbardoshligini qo'shimcha ravishda oshirish,
    mustahkamlashning eng muhim vositasi sifatida namoyon bo'ladi. Firmaning iste`molchilar
    orasidagi imijini ham servis aniqroq belgilaydi.
    Qator belgilariga qarab tovarlarni quyidagilarga bo'lish (tasniflash) mumkin:
     bevosita insonlarning shaxsiy extiyojlarini qondirishga mo'ljallangan tovarlar, ya`ni
    iste`mol tovarlari; 



    59
     boshqa tovarlarni ishlab chiqarishni davom ettirish uchun ishlatiladigan tovarlar yoki


    ishlab chiqarishga mo'ljallangan tovarlar (ishlab chiqarish vositalari).
    Iste`mol tovarlari uchun marketingda tasniflashning ikki shakli mavjud. Birinchisi iste`mol
    xususiyatiga asoslanadi. Bunda tovarlarning uch kategoriyasini ko'rsatadilar:
    1. Qisqa muddat, bir yoki bir necha marta ishlatiladigan tovarlar.
    2. Uzoq muddat ishlatiladigan tovarlar. Ular ko'p marotaba ishlatiladi.
    3. Xizmatlar - insonga foydali natija va qoniqish beradigan xatti-harakatlar. Xizmatlar sotish
    ob`ekti bo'lib hisoblanadi (kiyim tikish, soatlarni tuzatish va hokazo).
    Iste`mol tovarlarini tasniflashning ikkinchi shakli iste`molchining xatti-harakatlari, uning
    iste`mol jarayonidagi odatlariga asoslanadi. Unda ham tovarlarning uch kategoriyasi ko'rsatiladi:

    Download 424,75 Kb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   117




    Download 424,75 Kb.