(vertikal, diversifikatsiya)




Download 424,75 Kb.
bet59/117
Sana06.12.2023
Hajmi424,75 Kb.
#112507
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   117
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari-fayllar.org

(vertikal, diversifikatsiya); 
- korxona umuman yangi bo'lgan texnik va bozor munosabatlari jihatdan avvalgi mahsulotlar bilan
hech qanday aloqasi bo'lmagan mahsulotlarni o'zlashtiradi (lateral diversifikatsiya).



61
Diversifikatsiya korxona dasturining maqsadli kengaytirilishi deb qaralishi u sotish xavf-


xatarlarini va avvalgi bozorlar, iste`molchilar yoki mahsulotlarga bog'liklikni kamaytirishga imkon
beradi. Diversifikatsiya haqida qaror qabul qilinganda korxona quyidagi yo'nalishlardan biri
bo'yicha borishè mumkin:
 yangi mahsulotni ishlab chiqish (o'z ishlanmasi yoki ishlanmaga buyurtma berish);
 mahsulot yoki texnologiyaga litsenziya olish;
 korxonani sotib olish;
 kooperatsiya (mahsulotlar almashish yoki qo'shma korxona tashkil etish).
Marketing faoliyatida yangi tovarlarni ishlab chiqish - bu bozorda muvaffaqiyatga
erishishning muhèí masalalaridan biri. Bozor uchun yangilik bo'lgan tovar yordamida korxona
oldinga chiqadi, yangi bozorni shakllantiradi, raqobatchilardan o'zib ketadi, o'z daromadlarini
oshiradi.
U yoki bu tovarlarning bozor uchun yangiligini mezonlar tizimi asosida aniqlash mumkin.
Bunda nafaqat yangi ehtiyojlarni qondiradigan yangi tovarlar (del'toplan, vindserfing), yoki
mavjud ehtiyojlarni yangicha qondiradigan tovarlar (internet, audiovideotexnika va boshqalar),
balki ma`lum bo'lgan tovarning yangi o'rami (masalan, "tetrapak" sutining yangi o'rami),
raqobatchi tovarga nisbatan yangi narxi ham kiradi. Bu erga tovar sotishning yangi shakllarini
tashkil etishda tovarning yangi imkoniyatlarini, reklama kampaniyasining o'tkazilishi va
hokazolarni kiritish mumkin. Yangi xom ashyo materiallari va texnologiyalardan foydalanish ham
tovarning bozor uchun yangilik belgisi bo'lib hisoblanadi.
Marketing tovar ishlab chiqaruvchilarni bozorda ma`lum ustunliklarga ega bo'lish va
o'zlarining mahsulotlarini takomillashtirishga yo'naltirish uchun bozor, tovar, sotish, ishlab
chiqarish mezonlarining tizimiga ega. 10.1.-jadvalda yangi mahsulotlarni ishlab chiqish bilan
bog'liq qarorlarni qabul qilish sohasi va ularning mazmuni keltirilgan.
10.1.-jadval

Download 424,75 Kb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   117




Download 424,75 Kb.