76
Moddiy omillar tovarning eng muhim funktsiyalarini va ular bilan bog'liq asosiy tavsiflarni
tasvirlaydi. Shuning uchun ham ularni almashtirish faqatgina mahsulotning konstruktiv tamoyillari
bilan belgilangan muayyan chegaralar doirasida amalga oshirilishi mumkin.
Bu omillar guruhiga
quyidagilar kiradi: ergonomik ko'rsatkichlari; ekologik ko'rsatkichlari; maqsadli ko'rsatkichlari;
ishonchlilik ko'rsatkichlari.
Tovarning
nomoddiy xususiyatlari quyidagilarni o'z ichiga oladi: estetik, malakaviy, obro'-
e`tiborli, innovatsion, axborotni himoyalash ko'rsatkichlari.
Bozor xilma-xil tovarlar,
jumladan, moddiy omillari jihatidan o'xshash bo'lgan tovarlar bilan
to'lgan bo'lsa, tovarlarga o'ziga xos jozibani beruvchi nomoddiy omillarning ahamiyati oshadi.
Tovarning nomoddiy omillari to'plamini aniqlash - uning raqobatbardoshligi
tahlilining
boshlang'ich nuqtasidir. So'ngra bu omillarni tasniflash va miqdoran o'lchash kerak. Har biri
muayyan ahamiyatga ega bo'lgan moddiy omillar uchun buni amalga oshirish ancha oson. Ushbu
ahamiyat u yoki bu birliklarda ifodalangan bo'ladi (quvvati, o'lchami, aniqligi va hokazo).
Nomoddiy omillar bilan ishlash ancha murakkabroq. Ularni, odatda, tabiiy fizik o'lchovga ega
bo'lmaganligi sababli, bevosita miqdoriy baholash qiyin va shuning uchun ham ular yagona uslubiy
asos tanlanishini talab qiladi.
Tovarning raqobatbardoshligi ko'p jihatdan korxonaning raqobatbardoshligini belgilaydi.
Biroq ushbu ko'rsatkichlar orasida ma`lum tafovutlar ham bor. Masalan,
korxonaning
raqobatbardoshligi raqib firmalardan farqlarini aks ettirib,
ancha uzoq muddat davomida
qo'llanilishi mumkin. Tovarning raqobatbardoshligi ixtiyoriy, iqtisodiyot
nuqtai nazaridan kichik
vaqt oralig'ida aniqlanadi.
Firmaning raqobatbardoshligi - bu nisbiy tasnif, u berilgan firma rivojlanishining raqib
firma rivojlanishidan insonlar ehtiyojini o'z tovarlari bilan qondirish darajasi
va ishlab chiqarish