83
Firma uning uchun “qora quti” bo„lib hisoblanadigan xaridor ongiga ta`sir qilishda
marketingning uyg‟otuvchi omillaridan foydalanishi mumkin, lekin xaridorga boshqa tashqi
omillar ham ta`sir ko„rsatishi mumkin. F.Kotler xaridorlik xulq-atvorining
umumiy modelini
quyidagicha talqin qiladi.
12.2.-chizma
Xaridorlar axloq modelida undovchi marketing omillari to„rtta unso‟rni: tovar, narx, tovar
tarqatish usullari va sotuvni rag‟batlantirish omillarini o„z ichiga oladi. Boshqa qo„zg‟atuvchilar
tashqi muhit omillari, ya`ni iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, siyosiy va madaniy omillardan iborat. Bu
qo„zg‟atuvchilar xaridor ongining “qora quti” siga ta`sir qilib kuzatish
va tahlil qilish mumkin
bo„lgan javob harakatlarini keltirib chiqaradi.
Ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarning asosiy vazifasi xaridor ongining “qora quti”sidagi
o„zgarishlarni, ya`ni qo„zg‟atuvchilar kelib tushishi va javoblarning paydo bo„lishi oralig‟ida
nimalar bo„layotganini tushunib etishdan iborat.
Bu qo‟zgatuvchilar xaridorlarini sotib olish qobiliyatini aniqlovchi asosiy omil va
voqealardan tashkil topadi. Ular ichida asosiylari iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, siyosiy va madaniy
omillardir.
Xaridor ongini «qora qutidan» o‟tib ushbu barcha qo‟zgatuvchilar
xaridorning kuzatilishi
mumkin bo‟lgan bir qator sotib olish tuygusini uyg‟otadi. Ular tovar tanlashning markasini yoki
mahsulotni to‟la assortimentini, sotib olish vaqti va joyini hisobga olishni aniqlaydi. «Qora quti»
o‟ziga kelsak, unda xaridor ongini ikkita asosiy bo‟lagi ajratiladi va tekshirib ko‟riladi: bittasi
xaridorni o‟zini tavsiflashni o‟z ichiga olsa, ikkinchisi sotib olish qarorini qabul qilinish jarayonini
aks ettiradi.
Iste`mol tovarlarini xarid qilish turli xaridorlar guruhi bo„yicha turlicha xususiyatlarga ega.
Bu odatda xaridorning tayinli tovarga munosabati, xarid ishtiyoqi va atvori (talabi)ga ko„p jihatdan
bogliq bo„ladi. Xaridor xulq-atvorining shakllanishida boshlang‟ich ta`sirni madaniyat darajasi va
uni tashkil etuvchi xususiyatlar belgilaydi. Madaniyat-insonning ma`naviy etukligini, ehtiyojlari va