88
Marketing tadqiqotlarida tashkilot yoki korxona faoliyat yuritayotgan tashqi muhit
omillarini o„rganish, ularni nazarda tutish zarur bo„ladi. Marketing muhitini o„rganishda uni
yalpi
muhit omillariga nisbatan farqini anglamoq lozim. Masalan, menejment va biznesini tashkil etishga
oid masalalarni hal etishda tashqi muhit omillari turlicha tartibda va yo„nalishda o„rganiladi.
Tashkilot marketing muhitini o„rganish esa eng avvalo, marketing faoliyatini
tashkil etish va
marketing maqsadlarini amalga oshirish vazifasini tsstivor qilib qo„yadi.
Marketing muhiti – tashkilotdan tashqari holda faol ta`sir o„tkazadigan sub`ektlar va
kuchlar yig‟indisi bo„lib, bozor ishtirokchilari va xaridorlar bilan bo„ladigan barcha
munosabatlarga va ularning shakllanishiga ta`sir o„tkazadi.